O`rta Osiyo gidrografiyasi 2019 4-kurs uchun doc


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix20.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#76697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O`rta Osiyo gidrografiyasi 2019 4-kurs uchun(1)

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“O`rta Osiyo gidrografiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- daryolar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklardan iborat gidrografik tarmoqlar; Orol
havzasining gidrografik tarmoqlari; O‘rta Osiyoning o‘ziga xos gidrologik xususiyatlari;
gidrografik tarmoqlarning geografik joylashish qonuniyatlarini bilishi kerak;
- tog‘ daryolari havzalarida tabiiy oqim hosil bo‘lishi, oqim muvozanati va oqimning
sarflanish oblastlarini chegaralay olish; Orol havzasida ajratilgan gidrologik rayonlarni va
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflay olish, gidrografik tarmoqlarni shakllantiruvchi
barcha suv ob’ektlarining o‘zaro bog‘liqligini asoslash va bu borada to‘plagan bilimlarni
amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- O‘rta Osiyo daryolari, ko‘llari, suv omborlari va ular to‘yinadigan tog‘ muzliklarining
gidrografik ko‘rsatkichlarini qiyosiy solishtirish; daryo tarmoqlari zichligining hudud bo‘yicha
o‘zgarishini baholash; O‘rta Osiyoning o‘ziga xos gidrologik xususiyatlarini yorita olish; suv
ob’ektlariga umumiy gidrografik tavsif berish va to‘plangan gidrografik ma’lumotlarni ilmiy
tahlil qila olish, ulardan tegishli amaliy xulosalar chiqara olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma – ketligi
“O`rta Osiyo gidrografiyasi” o‘quv fani umumkasbiy fanlar blokidagi tayanch
kurslardan biri bo‘lib, mazkur fan 7-8 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish
yo‘nalishning namunaviy o‘quv rejasidan o‘rin olgan matematik va tabiiy – ilmiy (oliy
matematika,
informatika
va
axborot
texnologiyalari,
fizika,
ekologiya),
umumkasbiy
(gidrologiyaga kirish, yer bilimi asoslari) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni
talab etadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin