O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Qo'sh madrasa arxitekturaviy ansambli



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

 Qo'sh madrasa arxitekturaviy ansambli. 
Qo'sh madrasa ansambli 
Registon maydonining janubi-g'arb tomonida joylashgan. Bir o‘q 
bo'yicha 
ro'para 
turuvchi 
ikki 
inshoot 
yaratish 
usuli 
Buxoro 
me'morchiligi uchun xos jihatdir. Ulardan biri - Modarixon madrasasi 
1566-1567-yillarda, ikkinchi-Abdullaxon madrasasi 1588-1590-yillarda 
barpo etilgan Modarixon madrasa g'arbga qaratib joyiashtirilgan bo'lib, 
Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan. Madrasa tarhi trapetsiya 
shaklida. Bosh fasad katta peshtoq, ikki qavatli ayvon va burj -guldastalar 
bilan bezalgan. Peshtoq va burchaklardagi guldastalar sirkor g'ishtlar 
bilan pardozlangan. Toqilar orasidagi bag'allarga koshinlar bilan 
geometrik shakllar berilgan. Madrasaning boshqa yerlari bezaksiz 
ishlangan. Madrasa o'rtasida to'g'ri to'rtburchak hovli, uning atrofida 
peshayvonli 
hujralar 
mavjud. 
Bino 
burchaklarida 
darsxonalar 
joylashtirilgan. Inshoot konstruksi o'sha asr Buxoro me'morchiligiga xos 
ravishda ishlangan, ya'ni devorning ikki chekkasi pishiq g'ishtdan terilib, 


o'rtasi qurilish chiqindilari bilan to'ldirilgan. Ba'zi fikrlarga ko'ra, bu 
yechim inshootni abadiyligiga salbiy ta'sir qiladi.
 
O'lchamlari bilan kishini hayratga soladigan, uzoqdan qaraganda 
chiziqlari takomillashgan, bezaklarning tugallangan shakli va tiniqligi 
bilan 
yaqqol 
ko'zga 
tashlanadigan 
arxitekturaviy 
ansamblning 
qoyilmaqom uyg'unlashganligi me'morchilik va qurilish texnikasining 
yuqori darajaga erishganligidan guvohlik beradi. 
Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti.
Buxoroning shimoli-
g'arb tomonida, shahardan 10 km uzoqlikda Bahouddin Naqshbandiy 
madaniy meros obyekti barpo etilgan.
 
Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyektini barpo etilishiga 
Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544-yilda asos solgan. Abdulazizxon 
buyrug'i bilan mozor tarfiga solinib ansambl shakliga kelti rilgan va 
1544-1545-yillarda kompleksning eng katta binosi -xonaqoh qurilgan. 
Kompleksning asosiy qismiga daxmalalar, maqbara, ikkita masjid, 
sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. 
Hozirgi vaqtga kelib uning safiga baland pesh toq — gumbazli yangi 
darvozaxona, muzey, choyxona sinngari imoratlar qo'shilgan.
Kompleks kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi
.
Darvozaxonadan o'tgach, o'ngda kichkina masjid, chap tomonda 
ziyoratchilar uchun turli binolar bo'lganligi ma'lum. Yo'l davomida 
chapda xonlar mozori - Daxmai shohon joylashgan. 
Daxmai shohon to'rtburchak, balandligi 2,5m, usti kulrang marmar 
bilan qoplangan. Unda ko'plab marmar o'ymakorligi, xattotlik san'atining 
ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunc halar, sharaflar, 
sarv sur'ati va boshqa bezaklar o'yilgan ba'zida naqshlar yozuvlar bilan 
aralash holda ham bajarilgan. 
Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina kvadrat supa bo'lib
,
atrofi 
chiroyli marmar panjara bilan o'ralgan. Undan sal nari, shimolda – tomonlar 9,5 m 
keladigan aylana zinali marmar hovuz joylashgan. Daxma biian hovuz orasida 


quduq bo'lib, uning yonidagi chiroyli shiypon – sakxona yaratilgan bo'lib, u yerda 
ziyoratchilarga «muqaddas» suv ulashilgan. 
Hakim qushbegi masjidining shimolid a minora, undan narida ichki 
hovlidagi hovizdan uch marta katta boshqa bir hovuz joylashgan. 
Hovlining tashqarisida (shimoli-g'arbda) to'rtburchak supa ustiga 
qurilgan eni 37 m, bo'yi 40 mli xonaqoh mavjuddir


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin