nisbatan siyrak o'yma naqshlar bilan bezatilgan. Eng qadimgi ustunlarga
uchburchak shaklidagi chuqur relyefli, o'simliksimon naqshlar solingan. XII
asr ustunlarida avvalgilarning shakl mutanosibligi takrorlangan, biroq
naqshlar birmuncha qayta ishlangan, ulardagi kufiy yozuvlari barg va gul
naqshlar bilan chirmashtirib yuborilgan. Juma masjid ustunlarida Xorazm
xalq o'ymakorligining boy ijodiy imkoniyatlari mujassamlashgan.
Toshhovlining me'moriy yechimi.
Toshhovli arxitektura yodgorligi 1830-
1838-yillarda Olloqulixon farmoyishiga ko'ra qurilgan. Dastlab haram, keyin
mehmonxona va arzxonalar bunyod qilingan. Toshhovli mahalliy qurilish
materiallari (marmar, pishgan g'isht, yog'och) dan foydalanib barpo etilgan.
Saroy uch bo'limdan iborat - arzhovli , ishrat hovli va haram.
Devor va ayvonlari sirkor sopol, shiftlar esa naqshlar bihn bezatilgan.
Devorlari koshinlangan, ganch, yog'och, tosh o'ymakorligi, bo'yama naqshlar
bilan bezatilgan. Saroyda mavjud 163 xonadan turli maqsadlarda
foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: