madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud
maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo.
Ichan qal'a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo'llanib kelingan uslub -
inshootlarni yuzma-yuz qurish uslul (qo'sh) dan foydalanilgan.
Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me'morchiligining
o'ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik
madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Aminatpanoboy minorasi
hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni
tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar,
hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o'ziga xos
ansamblni tashkil etgan. Qutlug' Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi,
Tosh hovli bilan Oq masjid o'rtasidagi maydoncha shu ansamblning
kompozitsion
markaziga
aylangan.
Xiva
yodgorliklari
yog'och
o'ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-
barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan.
Dostları ilə paylaş: