Oʼrtа professionаl tа’limning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə50/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
bolalar adabiyoti

Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bolib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi oz ma'nosini yoqotib, kochma ma'no kasb etdi - majoziy ertaklarga aylandi, ya'ni ba'zi qoy, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bori, tulki orqali ochkoz, yovuz, aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bolib, ildizi boshlangich jamiyatga borib etadi. Ma'lumki, ibtidoiy inson noma'lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta'sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.
Hayotiy-maishiy ertaklar. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo’lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo’ladi. Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an'analardan kelib chiqqan va ko’p jihatlari ularga o’xshab ketsa-da, biroq ulardan real hayot voqealari asosida qurilganligi bilan ajralib turadi.
Hajviy ertaklar. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslari bo’lgan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo’lib, o’tkir satira va xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea va hodisalar lo’nda ifodalanadi. Naql - o'zbek xalq og'zaki ijodida alohida, mustaqil, keng tarqalgan janrlardan biri. Turmushdagi turli narsa va hodisalarni izohlashga qaratilgan axloqiy-didaktik mazmundagi, ramz va majozga asoslanuvchi kichik og'zaki hikoyalar naql deb hritiladi.
Naql xalq donoligining o'ziga xos ifodasi bo'lib, asosan, axloq normalari haqida bahs hritadi. Naqllar ma'lum bir hayotiy ehtiyoj munosabati bilan aytiladi. Besabab aytilmaydi. U ko'pincha muhokamaga sabab bo'lgan voqeani tasdiqlash yoki axloq qoidalarini buzib ish hritayotgan biror-bir shaxsni ogohlantirish yoxud noto'g'ri tushunchani tartibga solish maqsadida aytiladi.

Mavzu yuzasidan savollar:



  1. Ertak nima?

  2. Ertak termini o’zbek folkloriga nechanchi asrda kirib kelgan?

  3. O’zbekistonda ertak qanday nomlar bilan aytiladi?

  4. Ertaklar ijrosi necha usulda tashkil etiladi?

  5. O’zbek xalq ertaklarining qanday turlari bor?



Foydalanilgan adbiyotlar royxati:

1 . M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti».T. “O’qituvchi”.Darslik-Majmua-2001, Чулпон 2013.


2. O.Mamedov, T.Sobitova «Xalq og’zaki poetik ijodi».T.Sharq. Darslik majmua-2001.
3. Masharipova Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi. T., 2008.
4.“Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
5. “Oʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil.
6. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
7.«O’zbek xalq maqollari» . “Toshkent”-1989.

  1. Z.Ibroximova. «Kichkintoylar adabiyotining xususiyati». T. “O’qituvchi”- 1994.

9.«Bir bor ekan…».”O’zbek xalq ertaklari”. T. “Mehnat”- 1995.
Internet saydlar:
1.www. adabiyot.zn.uz.
2. http://www.ziyonet.uz.
3.http://referat.arxiv.uz

Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Mavzu:№9. O’zbek xalq ertaklari va ularning tarbiyaviy ahamiyati.
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mo’deli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

O’quv mashg’uloti shakli va turi

nazariy

O’quv mashg’uloti rejasi:

  1. Sehrli, fantastik va uydurma ertaklar.

  2. Hayotiy-maishiy va hayvonlar haqida ertaklar.

  3. Hajviy ertaklar.

4. Ertaklarning tili va ularning bolalar tarbiyasida tarbiyaviy ahamiyati.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’zbek xalq ertaklari va ularning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shaklantirish (mustahkamlash).

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar:
1.Mavzu bilan tanishtirish;
2. Kitobxonlik tasnifini berish;
3. Mavzu asosini tushuntirish;
4. Mavzu mazmunini ochib berish va boshq.

O’quv faoliyat natijalari:
1.Tavsiya etilayotgan adabiyotlarni ko’rsatadilar;
2.Asarlarni tasniflaydilar;
3.Mavzuni ma’ruza asosida aytib beradilar;
4.Mavzuni tartibli ravishda izohlab beradilar.



O’qitish metodlari

Kichik axborotli, maruza, hikoya, tushuntirish, ko’rsatma berish. Ko’rsatish, kitob bilan ishlash, suhbat, baxs, aqliy hujum, va boshqalar.

O’qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag’i, yo’riqnoma, elektron yo’riqnoma.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda.

O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona.

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so’rov, savol- javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.

Mavzu:№ 9. O’zbek xalq ertaklari va ularning tarbiyaviy ahamiyati.

Reja:
1.Xalq ertaklarining janr xususiyatlari.


2. Ertaklarning tili va badiiy xususiyatlari.
3. Ertaklarning bolalar tarbiyasida tarbiyaviy ahamiyati.
Ertak xalq og'zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta kichiklar uchun baravar qiziqarli bo'lgan janridir. Ular juda uzoq o'tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo'lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o'ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi.
Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O'tmishda ertaklar yilning ma'lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo'lgan yoshi ulug', dono, hurmatli va e'tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi deb hritiladi.
Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi etakchilik qilgan davrlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala hmushlari tugagan paytda- kuz va qish mavsumlarida, uzun va zerikarli oqshomlarda aytilgan va bu o'ziga xos an'ana tusini olgan. Ertakchilik oqshomlari shomdan tonggacha davom etgan. Shundandirki, xalqning o'zi bu hodisani «Doston kunda aytiladi, ertak tunda» degan maqolida maxsus ta'kidlab qo'yishni unutmagan.
O'zbekistonning turli joylarida ertakchilik maktablari bo'lgan. Ularda ustoz ertakchilar o'zlariga munosib shogirdlar tayyorlagan. Shogirdini ertak aytish san'atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir- sinoatlaridan maxsus saboq bergan.
Ertak epigrafi, an'anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini baholashga xizmat qiladi, ular, asosan, saj' orqali yaratilgan bo'lib, ertak ohangdorligining jozibasini ta'minlaydi, ertakka ta'sirchanlik baxsh etib turadi.
O'zbekertaklaria) sehrli -fantastikertaklar; b) hayvonlarhaqidagiertaklar; v) maishiy-hayotiyertaklarkabiichkiturlargabo'linadi.
Sehrlivahayvonlarhaqidagiertaklarvoqelikasosanxayoliyuydirmanegizidahikoyaqilinib, ulardahayotdabo'lmagan, bo'lmaydigang'ayritabiiynarsa-hodisalartilgaolinadi. Maishiy-xayoliyertaklardahayotiyuydirmaetakchilikqiladi.
Ertaklarjanrsifatidauzoqmuddatlishakllanishjarayoninikechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida hzaga kelgan. Davrlar o'tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So'zga sig'inish, ilohiy kuchlarga sig'inish, animistik, totemistik, fetishistik e'tiqodlar, gallitsunatsiya va tush ta'sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to'lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo'la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini omuxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar hzaga kela boshladi.
Ertakjanribarchaxalqlarningog'zakiijodidamavjudbo'lib, harbirxalqningumuminsoniyfazilatlari, olijanobqarashlari, yuksakorzularivaintilishlarinio'zigaxosmilliyruhdaifodalaydi. Jumladan, o'zbekxalqertaklaridaxalqimizningo'tmishvakelajakmaishiyturmushihaqidagiqarashlari, axloqiyme'yorlari, ruhiyolami, o'y-istaklari, orzu-armonlari, shuningdek, jonajondiyorimizningtabiiyiqlimi, geografikmuhiti, hayvonotvanabototolamionatilimizningboyimkoniyatlaridanfoydalanilganholdabadiiyobrazlitarzdaaksettirilgan. Shuvajdanharbirxalqningertagio'shaxalqtarixinima'naviy-madaniyturmushtarzini, ichkidunyosini, imon-e'tiqodiniboshqaqardosheluelatlarbilanijtimoiymunosabatlarini, urf-odatlarini, yashashjoyiningiqlimivatabiiyshart-sharoitlarinio'rganishdamuhimmanbavazifasinio'taydi.
Maishiy - hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog'liqdir. Ularda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon bo'lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo'lib, ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Maishiy-hayotiyertaklardavoqelikmakonianiqshaharyokiqishloqdakechadi, aniqqahramonishtirokidahzberadi. Ularmazmun-mundarijasivag'oyaviyyo'nalishi, obrazlarigako'rasehrli-fantastikvahayvonlarhaqidagiertaklardanfarqqiladi. Ulardaaniqshaxsningo'zaqlkuchi, tadbirkorligi, chidamvamatonati, hksakinsoniyfazilatlaritufaylimurod-maqsadigaetishuviko'rsatibberiladi. Shusabablimaishiy-hayotiyertaklarsyujetiniijtimoiy-maishiymazmundagivoqeliktashkiletadi. Ularningaksariyatidajamiyatdagiijtimoiykamchiliklar, nosozliklar, mehnatahlininghukmrontabaqavakillaridannoroziligiumumlashmaobrazlardaochibberiladi. “Ertaklarhechvaqtbekorchi, ermaknarsalaremas,- debyozgandiulug' adibMuxtorAvezov,- ularhammavaqtzo'rijtimoiyvatarixiyahamiyatgaegadirlar. Bahaybatmaxluqlarhaqidahikoyaqiluvchiertakvaafsonalarhamdabuboyjanrningboshqaturliko'rinishlaridauyokibudavrningijtimoiy, hayotiykurashlari, xalqmanfaatlaribadiiyifodasinitopgandir.” Ulardaajdodlarimizningyashashvakurashsabog'iifodalangan.
Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati - voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g’aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg’otadigan holda aks ettiradi.
Ertak fol’klor asari. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodiga xos barcha sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan aytilishi, og’zaki yo’l bilan tarqalishi, an'anaviylik, ijodchisining noma'lumligi - anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi - ertaklarga ham xosdir.
Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o’zgarishlarga uchrab kelganlar. Shu sababdan ertaklarning g’oyaviy yo’nalishi, qahramonlarining vazifalari o’zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi. Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an'analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug’iladiki, natijada bir ertakning o’zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi. ertaklarning badiiy formasi va poetikasi o’ziga xos bo’ladi.
Ertakchilar xayoliy «uchar gilamlar»ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi. Fikrimcha, insonning ajoyib xususiyatlaridan biri - ... «faraz»ni ham fantaziya, «uydirma» vujudga keltirib tarbiyalagan.
Fantastikaertakmezoni, uningjonivaqonidir. ertaklarfantastikaningtutgano’rni, me'yorivafunktsiyasigaqarabikkiguruhgabo’linadi. Birinchiguruhgafantastikaelementlariustunbo’lganertaklar, ikkinchisigaesa, fantastikaelementlarikuchsiz, elementshaklidakeladiganyokiumumanbo’lmaydigan, hayotiyuydirmalarasosidayaratilganertaklarkiradi. Hayvonlarhaqidagiertaklarbilansehrliertaklarsyujetiko’proqfantastikvoqealarasosigaqurilgan. Maishiyvahajviyertaklarsyujetiasosidaesa, hayotiyvoqealaryotadi. Birinchiguruhdagiertaklar («Yoriltosh», «Cho’loqbo’ri», «Oltinsandiq» vaboshqalar) tomma'nodagiibtidoiytushunchalarmazmuniniaksettiradi. Ikkinchiguruhdagiertaklar («MalikaiHusnobod», «Uchog’aynibotirlar», «Uchyolg’ondaqirqyolg’on») esa, asosanijtimoiymazmunniifodaetadi.
Ertakijrochiliginingxarakterlibelgilaridanbirishundaki, hikoyaqilinayotganvoqeavahodisalaraytuvchivatinglovchitomonidan «bo’lganvoqea» debemas, balki «muqarrarbo’lmaganhodisalar», debtushuniladi. Shuninguchunhamertaklardavoqeavahodisalarningbo’libo’tgano’rnivazamoninoaniq, umumiytarzdaifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e'tibori bilan yuzaga kelgan o’rni ham turlicha. Ularning tili va stili shakl va mazmuniga ko’ra o’zaro farq qiladi. U yoki bu ertakni qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun uning asosida bo’lgan uydirmaning davr e'tibori bilan tashkil topgan o’rnini aniqlash, hayot haqiqatiga bo’lgan munosabati va asosiy funktsiyasini belgilash lozim bo’ladi. Masalan, sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli xil davrlarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari ta'sirini o’zida saqlagan «Kenja botir», «Qilich qora», «Qiron aka», «Malikai Husnobod», «Bulbuligo’yo», «Ur to’qmoq», «Chol bilan kampir», «Bo’ri bilan tulki», «Qo’ng’iz bikach», «Baxtli kal» kabi ertaklarning syujet sostavi, xarakteri, obrazlar sistemasi, tili va hikoya qilish uslubida o’xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o’zining taraqqiyoti davomida ba'zi bir motiv, obrazlarni yo’qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba'zan esa an'anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo’ladi. Xullas, har bir ertakning syujet tuzilishi, uning g’oyaviy mazmuni, badiiy vositalarning o’ziga xos tomonlari u yoki bu davrni hamda u yoki bu turga xos xususiyatni ko’rsatib turadi. «Zumrab bilan Qimmat» yoki «Oltin tarvuz» kabilar, asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning xatti- harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy ertaklarda bo’lganidek, aql-idrok, tadbirkorlik ustun emas, aksincha, fantastik uydirmalar asar echimida hal qiluvchi vazifalarni o’taydi. Bu belgi ularni hajviy ertaklardan ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak. Chunki satira va yumor sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklarda ham mavjud. Faqat bularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatilish o’rni, maqsad, vazifalarini e'tiborga olish kerak. SHundagina u ertak qaysi bir turga xos ekanligi ma'lum bo’ladi.
Turlixalqlarijodidao’xshashsyujetliertaklarniko’puchratishmumkin. Bunday ertaklarning tema va obrazlar sistemasi o’ziga xos aynanlikka ega. Bularni ko’proq «sayyor syujetli ertaklar» deb yuritiladi. Biroq ular qanchalik o’xshash bo’lmasin, badiiy shakl, obrazlar talqini, til vositalari jihatidan o’zaro farq qiladi. Ularda har bir xalqqa xos an'ana, milliy kolorit, falsafiy-estetik qarashlar namoyon bo’ladi. Bu xildagi o’xshash syujetlar u yoki bu xalqning bir xildagi iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tganligidan kelib chiqadi.
Ertaklar o’ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qism, boshlama, tugallamalar alohida ko’zga tashlanadi.
Kirish qismi, avvalo, ertakchining mahoratini ko’rsatadi, qolaversa, tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.
Boshlamaertakningdastlabkiqisminita'riflaydi. ertaklardaan'anaviyboshlamavoqeaningqayvaqtbo’libo’tganinibildirmaydi, noaniq, umumiytarzdaifodalaydi: «Sizgabog’ bo’lsin, bizgahayot, zamonlarningzamonida, qadimlarayyomida, birpodshohizolimborekan». Ba'zan boshlama qisqa bo’ladi. «bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir podachi bor ekan». Ba'zan esa, u voqelik bilan qo’shilib ketadi. «O’tgan zamonda bir podshoh yakka o’zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko’ribdi».
Hayotiy-maishiy ertaklarda esa boshlama nihoyatda ixcham va sodda. Bunda ham voqelikning bo’lib o’tgan vaqti noaniq. Biroq sirlilik sezilmaydi, hayotiylik hukmron. Voqea bo’lib o’tgan joy va qahramon nomi aniq hamda to’liq beriladi. Bu syujet asosini tashkil etgan voqea va hodisalarning realligini, tabiiyligini ko’rsatadi. «Zomin yurtida bir boy bor ekan, u boyning xizmatkori bo’lar ekan». «Boltaboy akasi Teshaboyni ochlikdan o’ldirgan zolim boydan o’ch olish uchun boyning hovlisiga qarab to’g’ri yo’l olibdi». Ko’rinadiki, boshlama bayonida personajlarning Kim ekani, kasb, amal, laqablari ma'lum bo’ladi.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida e`tiqodida kechgan o`sish-o`zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o`qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning ma`naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta`sir ko`rsatib kelmoqda. Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati – voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g’aroyib, jozibali qilib, bolalarda badiiy zavq uyg’otadigan holda aks ettiradi. Ertak fol’klor asari. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodiga xos barcha sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan aytilishi, og’zaki yo’l bilan tarqalishi, an`anaviylik, ijodchisining noma`lumligi – anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi – ertaklarga ham xosdir.
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf- odatlari bilan juda yaqin bog‘langan bo‘lishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertak — insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan to‘lib-toshgan. U insonga butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo‘ysunganini ifodalaydi. Ertaklarda inson tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ziga dushman bo‘lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g‘olib chiqadi. Xalq o‘z ertaklarida badiiy obrazlar orqali o‘z dunyoqarashi, axloq normalari va boshqa ijtimoiy masalalarni o‘rtaga qo‘ygan va o‘zicha hal etgan. Bu fikrlar, intilishlar, orzu-havaslar ommaning didiga, ruhiga yaqin obrazlar orqali ravon, jonli tilda yetkazib berilgan. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun katta va kichikka, savodli va savodsiz kishiga tez yetib boradi. Ular orqali insonning ijtimoiy axloq normalari ham shakllanadi. Ba’zan bu axloqiy normalar masal tarzida, allegorik ravishda ifodalanib kelgan. Bu hol, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan. Xalqning kelajakka ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g‘alabasi, yorug‘likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga ergashish kabi g‘oyalar ertaklarda yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Xalq ertaklaridagi bu motivlar g‘oyaviy- emotsional ta’sirni kuchaytiradi, mehnatkashlarning zulmkor- larga qarshi nafrat-g‘azabini oshiradi va xalq ma’naviy hayotining ajralmas qismini tashkil etadi.

  1. Kichik yoshdagi (3-4) bolalar uchun:

  2. “Fil bilan xo’roz” (xalq ertagi).

  3. “Bo’ri bilan echki” (xalq ertagi).

  4. “Nasibaning olmasi” (Sh.Sa'dulla).

  5. O’rta yoshdagi (4-5) bolalar uchun:

  6. “Quyonjon va laylakvoy” (xalq ertagi).

  7. “Aqlli qarg’a” (xalq ertagi).

  8. Katta yoshdagi (5-6) bolalar uchun:

  9. “Qarg’aboy” (xalq ertagi).

  10. “Ur to’qmoq” (xalq ertagi)

  11. Maktabga tayyorlov yoshidagi (6-7) yoshdagi bolalar uchun:

  12. “Egri va To’g’ri” (xalq ertagi).

  13. “Yolg’on do’st” (A.Avloniy).




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin