O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan



Yüklə 25,87 Kb.
tarix20.05.2023
ölçüsü25,87 Kb.
#118258

O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan
matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy -ommabop va badiiy,
tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar o‘quvchilar tarixiy
bilimlarining asosiy manbai bo‘lgani kabi o‘qituvchining bilim manbaini,
bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o‘qituvchi shu manbalardan turli va
unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni zamon talablariga, umuman o‘rta
ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi tarix ta’limining talablariga javob
berishi, o‘qituvchi bayonining o‘quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli va ilmiy
jihatdan ishonarli, obrazli va ta’sirli bo‘lishi mumkin. Shuningdek matnlarlar
ustida ishlash o‘quvchilar, bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning
mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi,
milliy istiqlol tarbiyasi shakllanadi, tarixiy fikrlash hosil bo‘ladi, ular tarixiy
voqealarga baho berishga o‘rganadilar. O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida
o‘quvchilar har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish ko‘rish malakasini hosil
qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy
ravishda tanishadilar.
O‘qituvchi o‘quv dastur talabiga muvofiq tarix darsligi matnini mazmuniga
darslik matnini asos qilib oladi. O‘qituvchi o‘zining bayonini boshqa matnlar asosida
yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik matni o‘quvchilarning darsda va darsdan
tashqari tarixni o‘rganish, o‘zlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish
faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn
va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy
o‘zlashtirishga va olingan bilimlarni hayotda qo‘llashga o‘rgatadi. Darslik matni ustidagi ishlash o‘quv materialini o‘zlashtirish va uni esda saqlab
qolish, o‘quv tekstini tahlil kilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim
belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim
belgilarini bir-biriga takqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil
maqsadlarda olib boriladi. Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani tayyor
tarixiy tushunchalar ta’rifini o‘zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda
bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy
faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini
bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning
qonuniyatlarini o‘zlashtirish va aniqlashtirish, lug‘at ishlarini mazmunli va suratli
rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo‘lmagan
yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida dasturlashgan ta’lim
elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko‘zda tutiladi.


Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari.

  1. Asosiy qisim – bayon qiluvchi, tasvirlovchi, tushuntiruvchi, muamoni umumlashtruvchi:



  2. Qo‘shimcha – hujjatlar, badiiy adabiyotlardan parchalar hamda biografik ma’lumotlar.



  3. Izohlovchi - atamalar ta’rifi, illyustratsiyalar izohlar, va qavs ichida berilgan izohlar.


Yüklə 25,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin