Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar: B1 badiiy adabiyotda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlikdan nafratlana bilish;
badiiy asar va ulardan olingan parchalarda aks etgan voqea-hodisa va tuyg‘ular mohiyatini to‘g‘ri tushunish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish.
B1+ adabiyot fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi: B1
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish.
B1+ inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda ulardan foydalana olish.
1-mavzu. Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi (1 soat) Badiiy adabiyot inson ma’naviyatini yuksaltirish vositasi ekanligi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida, o‘z-o‘zini tarbiyalashida adabiyotning ahamiyati. Shaxsning shakllanishida kitob mutolaasining o`rni.
Xalq og`zaki ijodi (3 soat, B1+: 2)
2-4-mavzu. “Go`rog`lining tug`ilishi” dostoni (3 soat, B1+: 2 soat) “Go`rog`lining tug`ilishi” dostoni syujetining o`ziga xosligi. Dostondagi asosiy qahramonlar tavsifi. Dostonning badiiy xususiyatlari. Dostonning badiiy-estetik hamda tarbiyaviy ahamiyati.
II. Adabiyot tarixi (13 soat, B1+: 10 soat)
5-6-mavzu. Yusuf Xos Hojib. “Qutadg`u bilig”asari (2 soat) Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi. Yusuf Xos Hojibning didaktik dostonchilikning asoschisi ekanligi. Dostonning o`ziga xos jihatlari. Undagi to`rt timsol tavsifi. Asarning tarbyaviy ahamiyati.