Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja
nomlanishi
|
O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
|
Ona tili fani chuqurlashtirilmagan o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilari
|
В1
|
Ona tili fanini o‘rganishning darajasi
|
O‘rta ta’lim
|
Ona tili fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
|
В1+
|
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan darajasi
|
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
В1
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
So‘zlash: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va uslubiy me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.
Yozish: Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo, tinish belgilari va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Fikr ifodasida mantiqan izchillikka rioya qiladi, unda kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalaridan foydalanadi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi, izohlay oladi.
30 — 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |