160
kirganda taqillatmoq kerak. Bizda
qaynota nafaqat yotoqxona, balki kelin uchun
ajratilgan ikki xonaga ham odob yuzasidan kirmaydilar. Qaynonalar kiraveradilar.
(Ayol ayolga sirdosh sifatida). Ba’zida esa kelinlar
hatto qaynonalaridan ham
uyalishadi. (O‘g‘illarining ayoli sifatida). Qadimda esa qaynona tugul ona ham
bunday vaziyatlarda hayo pardasi ortidan ish ko‘rar edi.
Qizning ota-onasi esa
umuman kuyovning uyiga qadam bosmaslikka harakat qilardilar. Har holda ota. Buni
begonalikdan emas, balki odob yuzasidan qilinar edi.
Dasturxon atrofida o‘tirganda «yoqimli ishtaha» dyeyish shart emas. Ammo
taom uchun minnatdorchilik bildirish lozim.
Er-xotinlik mulozamati – bu san’at. Hozirda ko‘pchilik agar er ayoliga tavozeli
bo‘lsa, oilada ayol hukmron ekan degan noto‘g‘ri fikrga keladilar. Ayol erini sevsa,
hurmat qilsa – unga buni o‘rgatishning keragi yo‘q.
Dostları ilə paylaş: