161
Bolalarni oldida otani tanqid qilish nafaqat eringizni sizga bo‘lgan
munosabatini yaxshilamaydi, balki bolalarni ham uy boshlig‘iga
nisbatan
hurmatini yo‘qotadi. Bunda bolalar ota-onani omadsiz oila a’zolariga
qaragandek munosabat qilishlariga olib kelishi mumkin;
Nazorat va tekshiruv o‘rtasiga olish yaramaydi. Bu uni xafa qilishi mumkin.
Juda zaruriyat tug‘ilsa, va bu tez-tez takrorlanadigan taqdirda bolalarni
shirin tillaridan foydalagan ma’qul.
Onasiga bo‘lgan tabiiy bog‘lanishini tanqid qilish noto‘g‘ri. Bu uni mustaqil
erkak sifatida yerga uradi.
Uni maqtab turish, uning maslahatini qabul qilib turish lozim;
U yoqtirmagan mehmonlarni taklif qilish,
unga yoqmaydigan joylarga
mehmonga borish tavsiya etilmaydi.
Oyat va hadislarda ham ayollarga yaxshi muomalada bo’lish haqida ko‘p
martalab ta’kidlangan. Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Mo’min kishi
mo’mina ayoldan nolimasin, agar uning bir xulqidan norozi bo’lsa, ikkinchi xulqidan
rozi buladi”, deydi. (Imom Muslim rivoyati).
Bu hadisi sharifda aytilayaptiki, inson bolasi nuqsonsiz va aybsiz bo’lmaydi.
Shuning uchun erkak kishi ayolning ayrim nuqsonlariga chidam va sabr bilan qarashi
zarur, chunki har bir insonda bir necha ijobiy xulq va sifatlar bor.
Yaxshi gap bilan
sekin-asta nuqsonlarni tugatish mumkin va yaxshi sifatlarni taraqqiy ettirish mumkin.
Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan ayolning erdagi huquqlari
nimadan iborat deb so‘raganlarida, Rasululloh: “Taom yesang xotiningga ham yedir,
yangi kiysang, xotiningga ham yangi kiyim olib ber”, dedilar (Abu Dovud rivoyati).
Erning xotindagi haqlari ham oyat va hadislarda bayon qilingan: “Agar
ma’siyatga (gunohga) yurmasa xotin erga itoat yetishi kerak, uydagi ashyoni sarishta
qilib saqlash ham ayolning burchidir.
Eridan ruxsatsiz xotinlar, hatto ibodat bo‘lsa
ham, nafl ro’za tutmasligi zarur, eridan ruxsatsiz uydan chiqib ketmasligi va eri
norozi bo‘ladigan ishni qilmasligi kerak”.
Dostları ilə paylaş: