Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Odoblilik
Bu tushuncha -kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilishdir. 
Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini 
ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson 
faoliyatida, hatti–harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan 
odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, 
mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl–nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi 


29 
bilan belgilanadi. Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy : “Har bir kishi o‘ziga 
qarab ta’rif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl–nasab bilan 
emas, aql – adab bilandir”
9
, - deb bejiz aytmagan. Davlat xizmatidagi xodimlarning 
odobi ularning obro‘sinioshiradi va ularga nisbatan xalqning ishonchini kuchaytiradi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatini barpo etishda davlat xizmatchisi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini kasb 
axloqi normalariga asoslangani holda ado yetishlari shubhasizdir. 
 
Tayanch tushunchalar: 
 
Kategoriya, etika kategoriyalari; burch va kasbiy burch; O‘zbekiston 
fuqarolarining fuqarolik burchlari; ofitsiant, metrdotel, shveysar, barmen va 
garderobchi, vijdon, ichki sudya, posbon, or–nomus va kasbiy etika, mezon, obro‘, 
sifatli ado yetish, aldamaslik, kasb axloqi normalari. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Professional etikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi? 
2.
Kasbiy axloqiy kategoriya deganda nimani tushunasiz? 
3.
Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan nimasi bilan farq qiladi? 
4.
Vijdon nimani anglatadi? 
5.
Or-nomus nimadan iborat? 
6.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 52-moddasida nimalarga 
e’tibor berilgan? 
7.
Mezon deganda nimani tushunasiz? 
8.
Milliy o‘z-o‘zini anglash deganda nimalarga e’tibor qaratish zarur? 
9.
Mansur as-Saolibiy fazilat va uning xususiyatlariga qanday baho bergan? 
10.
Kasb axloqi normalari nimalarga asoslanadi? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin