68
bolaning baxti va taxti nimada").
Bu tajriba hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
«To‘g‘ri o‘tirish – bu san’at».
Bu quyidagini anglatadi: «Boshni o‘ta tikka yoki
u yoqdan bu yoqqa osiltirib alanglayvergan holda tutmaslik lozim». So‘ng: "Qo‘llarni
chalkashtirib ko‘krakka olib borish, belga qo‘lni qo‘yish, qo‘lini osiltirib o‘tirish,
yelpig‘ichni o‘ynab o‘tirish, barmoqlarini o‘ynash, piyolani aylantirib o‘tirish,
sochini yoki kiyimini to‘g‘rilab o‘tirish mumkin emas". Undan keyinggi ko‘rsatma:
"Qaddini tik tutish, o‘rindiqda
yalpayib yotib olish, uchiga o‘tirib olish, likillab
o‘tirish va oyoqlarni chalishtirib o‘tirish nojoizdir!.."
Stulda bukchaymasdan, kerilmasdan, tirsak bilan tayanmasdan to‘g‘ri
va erkin
o‘tirish tavsiya etiladi. Stulda o‘tirgan holda silkinish, stulning chetigagina ilinib
o‘tirish, unga minib olish mumkin emas. Stulga o‘tirganda ham, undan turganda ham
ovoz chiqmasligi kerak.
Stulni taraqlatib surmaslik, balki orqa suyanchig‘idan
ushlab joyidan joyga
ko‘chirish lozim. O‘tirgan stulni oyoq bilan taqqillatish insonning g‘ashiga tegadi.
O‘tirganigizda tizzalaringiz juftlashtirilgan, oyoq kaftlaringiz bir-biriga mumkin
qadar yaqin qo‘yilgan bo‘lishi lozim, bir oyoqni salgina oldinga chiqarib qo‘yish ham
mumkin.
Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish erkak va ayolga ham yarashmaydi hamda o‘ta
madaniyatsizlik hisoblanadi. Erkaklarning oyoqlarini kerib, tizzasiga qo‘li
bilan
tayanib o‘tirishi ularning beso‘naqayligini va tarbiya ko‘rmaganligidan dalolat beradi.
Tarbiya ko‘rgan odam hech qachon va hech kimga orqa o‘girib o‘tirmaydi.
Davrada hamma vaqt boshqalarga yuz o‘girib o‘tirishga, buning iloji bo‘lmasa, aqalli,
yonni o‘girishga harakat qilish kerak.
Katta yoshdagi kishilar xonaga kirayotganida yoki chiqib ketayotganda yoshlar
joyidan turishi shart.
Oyoqlar ko‘p e’tiborni talab qiladi. Jamoat transportida yo‘lovchilarning
oyoqlarini tutish holatiga e’tibor bering. Biri yalpayib oyoqlarini cho‘zib, ikkinchisi
oyoqlarini o‘rindiq ichkarisiga berkitib olgan. Qo‘shni oyoqlarini chalishtirib, yana
kimdir oyoqlari bilan o‘rindiqni oyog‘iga ilashtirib olgan.
Albatta bu individual,
biroq maqtovga arzimaydigan xususiyatlardir.
Uyda o‘zingiznikilar oldida eng qulay vaziyatni tanlang. Biroq ko‘pchilik oldida
to‘rt tomonga qarab oyoq-qo‘llarni cho‘zib o‘tirish yaxshi emas. To‘g‘risi – oyoqlarni
to‘g‘ri va berkitganroq holda tutish kerak. O‘zbek udumlarida uyda imkon qadar
erkaklar uchun keng shalvar, ayol-qizlar esa oyoqlariga lozim kiyishlari oyoqlarni
imkon qadar berkitishga intilishdan dalolat beradi. «Zamonaviylik» ko‘proq ko‘cha-
kuyda bo‘lgani yaxshi. Chunki tashqarida barcha u darajadagi e’tiborsiz narsalar –
hoh u tartibsizlik, hoh kiyinish bo‘lsin – uyda ravshan ko‘rinishni unutmaslik lozim.
69
Har qanday reflektiv harakatlarni nazoratda tutmoq lozim. Esnayveradigan
odamlar
nafaqat notanish davrada, balki ishxona va uyda ham odamning g‘ashini
keltiradi. Madaniyatliroq kishi umuman odamlar oldida esnamaslikka harakat qiladi.
Agar buni bildirmasangiz, ichingizga yutsangiz, unda esnash mumkin. Yo‘taldan
tiyilish mumkin emas. Yo‘talayotganda boshni boshqa tomonga burib og‘izni qo‘l
bilan yopiladi, qattiq yo‘talda esa og‘izga dastro‘mol tutgan ma’qul.
Sekinroq,
ro‘molchaga aksirish mumkin, bunda boshni chekkaga burmasa ham bo‘ladi. Butun
xonani
Dostları ilə paylaş: