71
Hamsuhbatning yaqinlari borasida hurmatsizlikni namoyon qiluvchi so‘zlarni
ifodalash.
Ba’zida tasodifiy farosatsizlik kim uchundir o‘zni ko‘rsatishdek tuyuladi. Bu
yerda ismi-sharifni buzib aytilishini misol qilish qo‘l keladi. Bunday xatoni agar
bundanda yomonroq natija bermagan taqdirda bo‘lmasa,
xafagarchilikni keltirib
chiqaradi. Ba’zida odamga orqa qilib o‘tirish qattiq uni ranjitishga sabab bo‘ladi.
Odatiy e’tiborsizlik ham munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin. Shu bois
odamlar bilan muloqotda o‘zini qat’iy boshqara olishi kerak. Hech qachon
qo‘pollikka javoban qo‘rslik bilan qaytarish kishini yomon ko‘rsatsa ko‘rsatadiki,
yaxshi ko‘rsatmaydi. Janjal ikki tarafni ham yerga uradi.
Bundan tashqari, birovning sumkasini ochib titkilash yoki ochiq qolgan sumkani
tomosha qilish, qo‘l telefonini «o‘rganish» nafaqat xunuk ko‘rinish kasb yetishi, balki
sizni unga bo‘lgan xusumatingiz yoki hasadingizni ko‘rsatib qo‘yadi. Begona kishilar
portfelini yoki palto cho‘ntaklarini kavlash ham bundan istisno emas.
Birovning
qutisidagi narsalarni olish yoki uni joylashtirish uyda ham ishxonada ham
odobsizlikdir. Birovning shkafini, bufeti yoki narsalar
saqlanadigan joyni ochib
ko‘rish ham odobga to‘g‘ri kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: