Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Erkak xodim xato qilganda 
Ko‘pgina erkaklar ishxonada ayollarga qanday munosabatda bo‘lish va ba’zi 
muomala qoidalarini bilmaydi. Quyida esa erkaklar tomonidan yo‘l qo‘yilib 
kelinadigan xatolar ko‘rsatiladi. 


90 
Ayol xodimlarga “azizam”, “go‘zalim” kabi so‘zlar bilan murojaat qilish; 
Ayollarga qo‘l tekizishga harakat qilish yoki ularning yelkasiga urib-urib 
qo‘yish, ayollar xohlamagan holda ular bilan qo‘l berib ko‘rishishga harakat qilish. 
 
Ayol kishi tushlikka qanday taklif qiladi? 
Ba’zan zamonaviy tadbirkor ayollar erkak hamkorini tushlikka taklif qilishiga 
to‘g‘ri keladi. Ofitsiantga hammasi uchun siz to‘lashingizni qanday yo‘l bilan bildirib 
qo‘yasiz?
Buning uchun ofitsiant kelganida: “Men mehmonlarimni o‘zi birinchi bo‘lib 
buyurtma berishini istardim”, deysiz. Bunday javob bilan ofitsiantga tushlik uchun 
kim pul to‘lashini va boshqalarni o‘zingizning hisobingizdan mehmon qilmoqchi 
ekanligingizni bildirasiz.
Kim birinchi bo‘lib chiqadi? 
Liftda.
Liftning chiqish eshigida kim eng yaqin turgan bo‘lsa, o‘sha birinchi 
chiqishi kerak. Agar o‘sha odam erkak kishi bo‘lsa, liftdan birinchi bo‘lib chiqib, 
ayollarni eshik qisib qolmasligi uchun eshikni tutib, ayollar chiqquncha kutib turishi 
kerak. 
Eskalatorda.
Erkak kishi ayolni oldinga o‘tkazishi kerak. 
Eshik yonida
. Erkaklar va ayollar eshikdan birgalikda emas, balki erkaklar 
eshikdan birinchi bo‘lib chiqishlari va albatta, ayol kishiga eshikni ochib turishi 
kerak.
Hazilning tagi zil 
Hazillashishga judayam ishqivoz bo‘lmang, ayniqsa, ayol kishiga nisbatan. 
Xorijlik hamkorlaringiz madaniy hayotida siz qilayotgan hazil butunlay o‘zgacha 
ma’no kasb yetishi mumkin. Aslida ishbilarmonlik uchrashuvlarida muvaffaqiyatli 
hazil eng katta san’at hisoblanadi. Ammo madaniyati va an’analari turlicha bo‘lgan 
mamlakatlarda hazil ham turlicha maqomga ega ekanligini unutmang. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin