128
Bir diplomatik martabada belgilangan
muddatda xizmat qilgan, biroq xizmat
faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklar bo‘lgan elchixonalar, missiyalar,
xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik
xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi markaziy apparati
xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba berilmaydi.
Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam
ravishda, zarur darajada bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi
mumkin.
Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi
darajali Favqulodda va
Muxtor Vakil martabasiga ega bo‘lgan shaxslarni diplomatik martabadan mahrum
yetish yoki martabasini pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
amalga oshiriladi.
Boshqa diplomatik martabalardan mahrum yetish O‘zbekiston
Respublikasi
Tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar
va konsulliklar diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik
martaba berish uchun
attestatsiyadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
tomonidan tasdiqlanadi.
Diplomatik martabalarga ega bo‘lgan elchixonalar, missiyalar,
xalqaro
tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik
xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati
xodimlariga tasdiqlangan namunadagi guvohnoma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda
lavozim maoshlariga
qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: