Ayollar ko‘ylagi uchun mato.
Matoning rangi va zichligi fasl va iqlimiy
sharoitlarga muvofiq kelishi lozim. Soat 20.00 gacha boshlanadigan qabullarga
Sherst, shoyi ishlatilishi mumkin. Kechki ko‘ylaklar uchun shoyi, parcha, tafta va.
h.k.larni ishlatish mumkin.
Diplomatik qabullarda ko‘p miqdorda zargarlik buyumlarini taqish tavsiya
etilmaydi.
Ayollar kiyim fasoni, matosi va rangini tanlashda erkaklarga nisbatan erkinlikka
ega. Bu ularga o‘z qomati va individual xohishiga ko‘ra kiyim, mato, fason, rang
tanlash imkonini beradi.
125
Diplomatik martaba
O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligi
xodimlarining diplomatik martabalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Diplomatik
vakolatxonalarning boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar va konsulliklarning
diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy
apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi:
- Favqulodda va Muxtor Elchi
- Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil
- Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil
- Birinchi darajali maslahatchi
- Ikkinchi darajali maslahatchi
- Birinchi darajali birinchi kotib
- Ikkinchi darajali birinchi kotib
- Birinchi darajali ikkinchi kotib
- Ikkinchi darajali ikkinchi kotib
- Uchinchi kotib
- Attashe
Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va
konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy ma’lumotga
ega bo‘lingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish
stajiga muvofiq, shuningdek malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini
hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi.
Diplomatik martabalar quyidagi lavozimlarni egallab turgan Shaxslarga
beriladi:
Favqulodda va Muxtor Elchi - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga,
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va
Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining
BMTdagi Doimiy vakolatxonasi boshlig‘iga,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
o‘rinbosariga,
O‘zbekiston
Respublikasining
Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga
Birinchi darajali Favqulodda
va Muxtor Vakil
- O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va
Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining
Favqulodda va Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro tashkilotdagi doimiy
126
vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirining
o‘rinbosariga,
O‘zbekiston
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha
Elchisiga
Ikkinchi darajali Favqulodda
va Muxtor Vakil
- O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va
Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining
Favqulodda va Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro tashkilotdagi doimiy
vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirining
o‘rinbosariga,
O‘zbekiston
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha
Elchisiga
Birinchi darajali maslahatchi - Bosh konsulga, Elchixona maslahatchisiga,
xalqaro
tashkilot
huzuridagi
doimiy
vakil
o‘rinbosariga, Elchixonaning maxsus attashesiga,
vazir maslahatchisiga
Ikkinchi darajali maslahatchi - Bosh konsulga, Elchixona maslahatchisiga,
xalqaro
tashkilot
huzuridagi
doimiy
vakil
o‘rinbosariga, Elchixonaning maxsus attashesiga,
Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi va mustaqil
bo‘limi rahbariga, vazir maslahatchisiga
Birinchi darajali birinchi kotib
- Xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil
o‘rinbosariga, Elchixonaning birinchi kotibiga,
konsuliga, Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi va
mustaqil bo‘limi rahbariga, rahbar o‘rinbosariga,
vazir
yordamchisiga,
Tashqi
ishlar
vazirligi
bo‘limining birinchi kotibiga
Ikkinchi darajali birinchi kotib
- Elchixonaning birinchi kotibiga, konsulga,
Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining birinchi kotibiga
Birinchi darajali ikkinchi
kotib
- Elchixonaning ikkinchi kotibiga, vitse-
konsulga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining
ikkinchi kotibiga
Ikkinchi darajali ikkinchi
kotib
- Elchixonaning ikkinchi-uchinchi kotiblariga,
vitse-konsulga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining
ikkinchi-uchinchi kotiblariga
Uchinchi kotib
- Elchixonaning uchinchi kotibiga, vitse-
konsulga, konsullik agentiga, Tashqi ishlar vazirligi
bo‘limining uchinchi kotibiga
127
Attashe
- Elchixonaning uchinchi kotibiga, Tashqi
ishlar vazirligi bo‘limining uchinchi kotibiga,
attashega
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va
Muxtor Vakilning diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari bilan beriladi.
Birinchi va ikkinchi darajali Maslahatchining, birinchi va ikkinchi darajali
birinchi kotibning, birinchi va ikkinchi darajali ikkinchi kotibning, uchinchi kotib
hamda atteshening diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirining buyruqlari bilan beriladi.
Lavozimda
ishlash
muddatlari
har
bir diplomatik
martaba
uchun
quyidagichadir:
attashe, uchinchi va ikkinchi kotiblari 2-3 yil
birinchi kotib va maslahatchilar 3-4 yil
Attashening boshlang‘ich diplomatik martabasi diplomatik xizmatda kamida
bir yil ishlagan shaxsga beriladi.
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va
Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi.
Boshqa diplomatik martabalarga ega bo‘lgan shaxslarda ular ushbu mansabdor
shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga
chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi
va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega
bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan,
shuningdek, diplomatik xizmat talablariga zid hatti-harakatlar uchun mazkur
unvonlardan mahrum etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |