136
shart. Kafe yoki restoranga birinchi bo‘lib ayol kiradi,
erkak bosh kiyimini yechib
kiradi va faqat chiqayotganda kiyib oladi. Stolning devorga tirab,
restoran zaliga
qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan bo‘lsangiz, ayol
uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir.
Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band
bo‘lganini eshitgan joydan joy talab qilish yaramaydi.
Kafeda tanishingiz oldiga,
garchi sizga notanish bo‘lgan odam bilan o‘tirgan bo‘lsa ham, o‘tirish mumkin.
Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno
hisoblanadi. O‘tirganda yoningizdan o‘tib ketayotgan
tanish bilan turmasdan ham
ko‘rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha, u sizga murojaat qilayotganda,
albatta, turish kerak bo‘ladi. Agar tanish bir ikki og‘iz so‘z uchun yoningizda
to‘xtagan bo‘lsa, uni oldingizda o‘tirganlarga tanishtirmasa ham bo‘ladi. Ammo
suhbat cho‘zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‘rab tanishingiznistoliga
o‘tib olgan ma’qul. Agar tanishingizni dasturxonga taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, uni
albatta, yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz bilmagan
taomni tushuntirib
berishni so‘rashdan uyalmaslik lozim. Taomlarning nomi ko‘p va biz ularning
hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga
yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib
tushib ketsa, uni birovga oldirmagan yaxshi.
Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat qilish joiz. Ketayotganda esa sochiqni
stolga qo‘yib turiladi.
Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzida bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan
gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib likopning
o‘zidan olib yeyaveriladi. Sherigimiz hali taomni tugatmasidan
avval ofitsiantdan
hisobni so‘rash, unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan uchratib
qolingan tanish ayol bilan kafega kirilsa, har kim o‘zi uchun to‘laydi. Ya’ni: Ayol
ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi va hisobni o‘zi to‘laydi –
erkak ham
xuddi Shu tarzda ish ko‘radi Restoranda avval kim o‘rnidan turadi? Kim uchrashuvni
tashkillashtirgan bo‘lsa, Shu odam avval o‘rnidan turadi. Agar dasturxon ikki kishiga
yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli sabablar bo‘lgandagina,
soatga qarab: «Vaqt bo‘ldi», deb o‘rnidan turishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: