141
quloqqa taqib olish bir tomondan tushunmovchilikni, ikkinchi tomondan esa hayotga
xavf ham tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ko‘rish lozim.
Musiqaning balandligi
orqavarotdan kelayotgan avtomobilni shovqini eshitmay qolish mumkin. Imkon
boricha bunday narslarni eshitadigan darajada musiqaning ovozi past bo‘lgani
ma’qul.
Agar yo‘lda biror bir ma’lumot va ko‘rsatmaga muhtoj bo‘lib qolsangiz, savollar
bilan ichki ishlar xodimiga yoki haydovchiga murojaat qilish mumkin. Ularni
topolmagan taqdirda uzr so‘ragan holda yo‘lovchilarga murojaat qilsa bo‘ladi.
Kerakli ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng, tashakkur bildirish odobdandir. Agar
sizdan ko‘chada biror bir narsa so‘rashsa, tavoze’ bilan aniq, ravshan va qisqa javob
berish kerak. Uzoqdan-uzoq tushuntirishlar bilan murakkablashmagan ma’qul.
Ko‘chada ovqatlanish odobga to‘g‘ri kelmaydi.
Yaqin-atrofdagi restoran, bufet yoki
qahvaxonaga kirgan ma’qul. Bolalar oldida o‘zingizni madaniyatliroq tuting (garchi
o‘z farzandlaringiz bo‘lmasa ham) – har qanday katta yoshdagi odam o‘zi istar-
istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila olish xususiyatiga ega.
Ko‘chada ayolning
chap tarafidan yuriladi, agar ikkita erkak bo‘lsa, chapdan
yoshrog‘i yuradi. Agar yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, erkak
trotuardan tashqarida yuradi. Agar uchta bo‘lib ketayotgan bo‘lsangiz, o‘rtadagi joyni
nufuzliroq odamga beriladi. Masalan, professor ikkita talaba o‘rtasida, ayol kishi ikki
erkak o‘rtasida, ikkita ayolnining o‘rtasida bitta erkak yuradi. Bunday
vaziyatda har
bir ayol uchun erkak tayanchiq vazifasini o‘taydi, hamda suhbat ham jonliroq bo‘ladi.
Agar to‘rtta bo‘lib ketayotgan bo‘lsalar juft bo‘lib olganlari yaxshi. Yoshi kattaroqlari
oldinda, yoshlar orqada. Beshta bo‘lsalar biri uchtadan, ikkinchisi ikkitadan bo‘linib
olishadi. Zinapoyadan ko‘tarilayotganda erkak ayoldan kerak bo‘lganda qo‘llab turish
uchun bir pog‘ona pastroq ketadi. Zinapoyadan tushayotganda esa ayol qoqilib
ketaganida ushlab qolish mumkin bo‘lgan masofada tushadi.
Dostları ilə paylaş: