Lift, eskalatorlar Avtomat liftlarda ayol yo‘ldoshsiz bo‘lsa, tugmachani o‘zi bosadi. Panelga
yaqin turgan erkak boshqalardan qavatning kerakli tugmachasini so‘rab bosadi.
Odamlar ko‘p bo‘lgan liftda birinchi bo‘lib ayollar chiqadilar.
Xuddi shu tarzda xizmat muassasalardagi erkaklar liftga kirish uchun ayollarga
yo‘l berib chetda turadilar. Lift to‘la odamlar oldida ayol bilan ketayotgan bo‘lsa
ham, erkak bosh kiyimini yechmaydi. Mehmonxona yoki pod’ezd lifti ichida, qo‘li
boshqa narsalar bilan band bo‘lmagan erkak, ayol kirganda bosh kiyimini yechadi.
Odamlar bilan to‘lgan liftda tarbiyali kishilar chiqib ketayotganlarga yo‘l beradilar.
Ayol bilan birga liftga kirgan kishi hamisha ayolga yordam bera olmaydi, vaziyatga
qaraladi.
Boshqa joyda bo‘lgani kabi ham liftda uchratilgan tanish bilan ko‘rishiladi. Lift
– ko‘cha va zinpapoya kabi «jamoat joyi»dir, bosh kiyimni yechish shart emas.
Ayolni kuzatayotgan erkak yuqoriga harakatlanayotgan eskalatorga birinchi
bo‘lib chiqishiga yo‘l beradi, agar biron sabab bilan yuqoriga chiqib chiqishga
yordam bermaydigan bo‘lsa. Eskalatordan chiqishda esa erkak ayolga yordam berish
uchun birinchi bo‘ladi.
Do‘kon Do‘kondagi xarid jarayonida, sotuvchini ikkilanishdan paydo bo‘lgan turli
injiqliklar bilan qiynamaslik joiz. Kassaga yaqinlashganda qiymat aniqlangach, oxirgi
daqiqalarda karmon yoki sumka kovlab vaqt ketkazmaslik uchun xarid uchun
taxminiy hisob bo‘lishi lozim. Qaytimni tekshirib, uzoq qolib kyetish ham nojoiz.
Hayotning zamonaviy tizimi bizdan aniq va tez harakatlarni talab qiladi. Do‘kon
eshigida avval chiqayotganlarni o‘tkazib yuborib, so‘ng kirish tiqilinchni paydo
qilishning oldini olgan bo‘lasiz.
Katta do‘konlar va boshqa ko‘pchilikka xizmat ko‘rsatadigan muassasalarda
bosh kiyim yechilmaydi. Ammo individual xizmat ko‘rsatilayotgan mijoz (masalan: