148
tarqalishining uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi bilan tarqalishi
– bunda oilaviy mulk va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday
sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, o‘zaro muhabbatning yo‘qligi
natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy tarqalishi bo‘lib – oila a’zolarining biri
falokat, yoki kassallik tufayli vafot etgan oila
mulkining meros sifatida
taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi tarqalishdir. Uchinchisi – axloqiy tarqalish bo‘lib,
bunda bolalar balog‘atga yetib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy
mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi.
34
Shunga ko‘ra,
oilada har bir a’zoning o‘ziga yarasha majburiyatlari mavjud. Ayniqsa, o‘z odatiy
turmush tarzini o‘zgartirib, o‘zga oilaga kelin bo‘lib kelgan qizlarimizning yangi oila
a’zolari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari juda muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: