Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari 
tarbiyalaydi”
36

Bunda ziddiyatlarni axloqiy anglashni rivojlantirish – adabiyotlar, axloqiy 
tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‘ladi.
Sog‘lomlashtirishning ruhiy jihatlari – ko‘proq kelinlarning o‘zini kayfiyatini 
yuqori kayfiyatda saqlab turishiga bog‘liq. O‘ziga oro berish ham bir tomondan 
boshqalarga sizni munosabatingizni o‘zgartirsa, ikkinchi tomondan insonni ruhini 
ko‘taradigan xususiyatlardan biridir. 
35
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, - Toshkent, 1994, 1 – jild, 73-bet. 
36
К. Юнг. К.Кереньи. Душа и миф. Киев-Москва, Порт-Роял-Совершенство.1997.-114б. 


150 
Kelinlik liboslari
. Kelinning odobi, uning o‘zligi, borligini namoyon etadigan 
tomonlardan biri, uning garderobi, ya’ni kiyinishidir. Uch-to‘rt ko‘ylakni yuvib 
dazmollab o‘qishga, ishga kiyib tejamkorlikka o‘rgangan qizlar to‘y munosabati bilan 
keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o‘n sidra sarpolik bo‘lib qoladilar. Zotan, 
borini bordek ko‘rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish ayollarning qo‘llarida. 
Birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka 
ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi-qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O‘z 
navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: liboslar ichidan atoqlik mehmonga 
kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to‘y-hashamlar) kiyim javoningizning to‘riga 
chiroyli qilib ilib qo‘ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra 
saralanadi.
Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab 
ertalab, peshinda, kechqun kiyiladiganlari, bayram-hayitlarda kiyiladiganlari, 
ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim 
almashtirish kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to‘kib kir 
tog‘orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig‘ishtirganda sun’iy matodan 
to‘qilgan ko‘ylak lozim kiygan ma’qul (homiladorlik vaqti bundan mustasno). 
Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo‘lgach, odatda oshxonada ovqati isi 
kelib turmaslik uchun, nonunushtaga ko‘pchilik bilan o‘tirishdan avval libosni 
almashtirgan ma’qul. To‘g‘ri yaltirog‘i bor kiyimlar kelin liboslarining ko‘rki 
hisoblanadi. Ammo oshirvormaslik, ya’ni bachkanalik darajasiga ko‘tarmaslik lozim. 
Ish yoki o‘qishga qatnaydigan kelinlar yaltirog‘i yo‘q kiyimlar kiygani ma’qul. 
Kelinman deb, bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi 
kiyimlar alohida saqlangani ma’qul. Yana bir nozik masala – ayrim kelinlarning 
xonasi egasi ko‘chib ketgan uyga o‘xshaydi. Hamma joyda kiyim, lozim, ko‘ylak, 
xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro‘mol-u ko‘ylak. Turlanish kerak 
ekan deb kiyimni duch kelgan erga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish yaxshi 
emas.
To‘g‘ri, yoshlarning ham kattalarga, ham ro‘zg‘orga, hamda keti tugamaydigan 
mehmonlarga xizmat ko‘rsatishi bunday nozik jussiga og‘irlik qiladi. Ammo birinchi 
navbatda turmush o‘rtog‘i, so‘ng o‘zingiz e’tiborga loyiq ekanligingizni unutmaslik 
lozim. Kelinning xonadonga xizmatchi bo‘lib kelishi – kelajakda uni professional 
darajadagi xizmatchiga, uy bekasi bo‘lib kelishi esa uy bekalikka olib keladi. O‘ziga 
nisbatan e’tiborsizlik atrofdagilarni ham shunday munosabatda bo‘lishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Ammo hadeb turlanaverish ham ayol ko‘rkini “sindiradi”. Bora-
bora bunday ayollar o‘zini yanada chiroyli ko‘rsatishning eng murakkab yo‘llarini 
qidirishga majbur bo‘lib qoladilar. 
Zeb-ziynatning, taqinchoqning o‘ziga yarasha ma’naviy yuki, o‘ziga yarasha 
ma’naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini 


151 
rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar uncha qimmat ham bo‘lmas, 
ularning bezagi kiygan libos bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl tashkil etadi. 
Lekin bu degan kelin bo‘lish rusmlarini joy-joyiga qo‘yaman deb, ota-ona, opa-
singil, aka-ukalar rizqini qiyib bo‘lsa-da, boshqalardan qolishmaslik eng yomon 
narsadir. Bu bilan baxtli bo‘laman degan odam qattiq adashadi. Yomon niyatda 
bo‘lgan odam baribir, qanday e’tiborli bo‘lishingizdan qat’iy nazarda sizga bo‘lgan 
munosabatini o‘zgartirmaydi. Aybni doimo barchadan va barcha narsalardan topsa 
bo‘ladi. Beayb parvardigor. Ota-onalar ne azobda qiynalib qiziga qilib bergan bu 
sarpolar hech qancha vaqt o‘tmay sandiqda keraksiz narsa bo‘lib yotishini unutmaslik 
lozim. Ortiqcha xarajat, uvol va isrof keyin o‘zining samarasini beradi. Agar yoshlar 
avvaldan kirim va chiqim borasida o‘ylamasalar, bunday oilaning kelajakdagi 
iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin