149
uni pastga urish kelajakda oilani “darz” kyetishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Erkak
kishi buni unutmaydi. Kamsuqum va mehribon bo‘lish, umr yo‘ldoshni ko‘chadan
uyga tortadi. Xalqimizda "Chiqqan qiz — chig‘iriqdan tashqari" degan ibora bor.
Oila qurdingizmi, demak Shu xonadon sizning uyingiz. Huda-behudaga uyni tashlab
kyetish, o‘zini ota-ona, kelini va aka-ukalar oldida mazluma qilib ko‘rsatish
uchun
gap tashimang, qo‘ni-qo‘shniga, qarindosh-urug‘ga, dugonalarga yangi oila, ro‘zg‘or,
ayniqsa, shaxsiy munosabatlar haqida barcha narsani gapirish, xullas siringizni
tashqariga chiqarish yaramaydi. Barcha sizga achinadigan, o‘z
oilasini omadsiz
keliniga qaragandek, hatto ular sizni ota-onangiz bo‘lsa ham, qarashlariga yo‘l
qo‘ymaslik lozim.
Qo‘ni-qo‘shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra,
aql-farosat bilan muomala
qilish nafaqat boshqalarda, balki insonning o‘zida ham
ko‘tarinki kayfiyatni paydo qiladi. Albatta, kechagina bola bo‘lib yurgan qizlar
birdan uy bekalikning talablariga javob berish juda qiyin masala. Demak, har qanday
sharoitda ham kelinlar o‘zlarini unutmasligi lozim. Bunda biz jismoniy – salomatlik
bilan bog‘liq, ruhiy, axloqiy va estetik jihatlarni nazarda tutyapmiz.
Jismoniy salomatlik – tibbiy yordamni unutmaslik, o‘zini tibbiy madaniyatga
ega ekanligi, yaxshi ovqatlanishi, xullas doimo sog‘lig‘ini nazorat qilab turish lozim.
“Sog‘liqni saqlash san’ati odam gavdasini
uning munosib va yoqadigan
narsalarini saqlash orqali o‘sha tabiiy ajal (kasallik bilan bog‘liq bevaqt o‘limlarni
oldini olish – uzoq umr ko‘rishga intilish. F.A.) debataladigan yoshga yetkazishdan
iborat”.
35
Axloqiylikka kelsak – ba’zida kattalarning xatosi yoshlarni noto‘g‘ri yo‘ldan
yurishi – yolg‘onchi, g‘iybatchi, noShukr hamda hiylakor bo‘lib qolishiga sabab
bo‘lib qoladilar. Oilani bunday yo‘llar bilan saqlab qolishingiz mumkin, ammo
keyinchalik kimga aylanib qolishi mumkinligi borasida o‘ylab qo‘ygan ma’qul. Bu
kelajakda farzandlarga ham ta’sir qilishi tabiiy:
Dostları ilə paylaş: