142
o‘tkazib yuboradi (G‘arbda), bizda esa aksi. Yo‘l qiyin bo‘lsa, barcha joyda ham ayol
kishiga osonlik tug‘dirish uchun erkak oldinda yuradi. Yonida ketayotgan ayolni
og‘ir
sumkasi yoki jamadon, portfelni ko‘tarib kyetishi mumkin,
ammo ayolning
sumkasi yoki yomg‘irpo‘shini olib yurishi erkak kishishga yarashmaydi. Ayol ustki
kiyim yoki plashini o‘zi bilan olib yuradi.
Yig‘ilgan yomg‘irpo‘shni olib yurishning qoidalari qanday?
Ayol yomg‘irpo‘shning uchidagi ipini qo‘liga ilib oladi.
Erkak chap yelkasiga
osiltirib yoki hassaga o‘xshab qo‘lida olib yuradi. Uni nayzaga o‘xshatib olish
yaramaydi, birovga tegib kyetishi mumkin. Ochiq holdagi yomg‘irpo‘shni birovning
boshiga yoki boshqa narsaga ilib olmaslikka harakat qilib yurish lozim. Yo‘l ostidan
o‘tadigan yo‘laklarda yomg‘irpo‘shni yopib olgan ma’qul.
Kiyimga esa e’tiborli bo‘lganimiz yaxshi. Avvalambor ozoda va batartib bo‘lish
lozim. Yalang oyoqqa sandallarni faqat dam olish maskanlarida kiyiladi.
Kostyum
bilan hech qachon qo‘lqop kiyilmaydi, uni faqat plash yoki paltoga moslab kiyiladi.
Ko‘chada qizlarga yosh yigitlarning «gap otishi», qizlarning barallla qah-qaha
otishlari o‘z tarbiyasining noqisligini ko‘rsatadigan holatdir. Yo‘lda o‘tib ketayotgan
kishiga «Kiyimingizga ip yopishib qolibdi» yoki «Paltoingizga loy sachrabdi» degan
gaplar garchi yordamga o‘xshab ko‘rinsa ham, adabsizlik belgisidir. Ammo ayolning
sumkasi
ochilib qolganini, sigaretni kukuni erkakni kiyimga tushib cho‘g‘ otganini
aytish mumkin.
Dostları ilə paylaş: