135
Tanishuvlar
«Ta’tildagi» tanishuvlarni haddan ziyod jiddiy qabul qilmaslik lozim. Bunday
tanishuvlar ta’tildan so‘ng ham davom etadigan holatlar ham uchrab turadi. Ammo
ko‘p hollarda odamlar uyga qaytgach aloqalar uziladi. «Ta’tildagi» tanishga
yuborilgan xatni javobsiz qolganiga kuyinmagan ma’qul, axir yo‘lda uchragan har bir
tanish bilan xat yozishni doimo istayvermaysiz-ku.
Sohil
Sohil va cho‘miladigan joylar – cho‘miladigan kiyimlar kiyilishi tabiiy bo‘lgan
joy.
U joydan uzoqlashgach, bu kiyimda yurish yaramaydi. Sohilni ifloslantirish,
bolalarga baqirish, hamda begonalar koptok otishga ruxsat berish mumkin emas.
Sohildagi eng yomon narsa radio yoki magnitofon. To‘g‘ri, u o‘zi bilan olib, yurishga
mo‘ljallangan, ammo atrofdagilarni unutib qo‘yish yaxshi emas.
Bunday narsaning
egasi ovozini paysatirilishini so‘ralganda, so‘zsiz bajarishi lozim. Agar qo‘shiqni past
ohangda eshita olmasangiz, quloqqa taqadigan moslamalardan foydalanish zarur.
Erkak va ayol
Ayolni kuzatib ketayotgan erkak chekmaydi. Taksi to‘xtatgan erkak avval orqa
o‘rindiqning eshigini ochib, ayolni o‘tkazadi, keyin o‘zi uning yoniga o‘tiradi.
Mashinadan avval erkak chiqadi va ayolga yordam beradi. Agar mashinaning
erkakning o‘zi haydasa, rulga o‘tirishdan avval oldingi o‘rindiqqa ayolni o‘tkazadi.
Biron joyga kirishdan avval eshikni
erkak ayolga ochib beradi, so‘ng o‘zi kiradi.
Zinapoyadan ko‘tarilishda erkak oldinda, tushishda ayoldan orqada bo‘ladi. Biron
joyga kirganda ayoldan avval erkak o‘tirmaydi.
Ko‘p hollarda erkaklar ayollar bilan uchrashuvga chiqqanlarida tashqi ko‘rinish
unchalik
ahamiyat kasb etmaydi, deb o‘ylaydilar. Adashasiz. Ular nafaqat
ustingizdagi kiyimga, balki ko‘ylagingizda qanday yozuvlar borligi bilan qiziqib,
o‘qib chiqishdan ham toymaydilar. Ayollarning fe’li maydaroq bo‘ladi.
Ular bunga
e’tibor beradilar.
Dostları ilə paylaş: