134
9-MAVZU. SAYOHAT ETIKETI. TURIZM
Turistik safarda ishtirok
yetishga qaror qilar ekanmiz, quyidagi qoidalarni
nazarda tutishimiz lozim:
Uchrashuv belgilangan joyga kechikmaslik;
«Og‘ir yuk» bo‘lgani uchungina o‘zingiz
bilan olishga erinib, boshqalar
yelkasida tashib kelgan o‘rin-ko‘rpalarga da’vogarlik qilmaslik;
vaqtinchalik olib turgan idishlarni yuvmasdan qaytarmaslik;
gulxan yoqish yoki boshqa narsa qilish kerak bo‘lganda
gimnastika bilan
Shug‘ullanishga o‘tib ketmaslik;
kiyimini «dardida» boshqalarga «yuk» bo‘lmaslik: «buyerda o‘tirmayman –
shimimning rangi och» – ahvolingiz, chanqoq
va boshqa narsalardan nolib
injiqlik qilmaslik;
meva terish yoki tabiat go‘zalligini tomosha qilish uchungina boshqalarni
yo‘ldan to‘xtatish nojoiz. Faqat safarboshigina to‘xtash,
dam olishning
vaqtini belgilaydi.
Sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmaganlar ko‘pchilik bilan bo‘lgan turistik safarlardan voz
kechgani ma’qul.
Biroq kimdir shamollab qolsa, uni berkitmagan yaxshi: bunday
«kamtarinlik» keyinchalik kuchliroq bezovtalikni uyg‘otish mumkin.
Agar yaxshi
sport holatda bo‘lsangiz, o‘zingizni ko‘rsatib, boshqalarning yurish tezligini
oshirmagan yaxshi.
Dam olgan yoki tunni o‘tkazgan joyda axlat qoldirish yaramaydi:
tuxum
po‘chog‘i, qog‘oz va boshqa narsalarni hammasini yerga ko‘mib kyetish shart. Xuddi
shu tarzda daraxtlarda o‘zini «imzo»ini qoldirish yaramaydi. Rasmni sevuvchilar,
boshqalarni rasmga tushirish bilan qiynashi yaxshi emas –
hamma ham rasmga
tushishni yoqtirmaydi. Agar sizni rasmga tushirishni bo‘yniga olgan ekan,
ularni
qabul qilgach, minnatdorchilik bildirish lozim.
Dostları ilə paylaş: