121
Muzokara etiketida muomala, muorajaat muzokaraning har xil ko‘rinishlarida –
yozma, uchrashuv, qabul va tashrifga qarab tavsiflangan. Zero, davlat arbobi boshqa
davlat vakilidan bo‘lgan har qanday muzokara turlariga munosib javob berishi, ularni
ko‘rib chiqishi shart. Xat yoki taklifga javob bermaslikni o‘zi o‘ta odobsizlik
sanaladi. Bunda samimiylik va hozirjavoblik katta ahamiyat kasb etadi. Muloqotdagi
arzimas e’tiborsizlik ham sherikni garchi bunda davlatni aybi bo‘lmasa ham,
(vakilning xatosi bo‘lsa ham) qarorini o‘zgartirishi mumkin, u yoki bu davlatga
nisbatan munosabatni salbiy tomonga o‘girishi, muzokarani chigallashtirishga olib
kelishi tabiiy.
Umuman olganda, muzokara etiketining bir qancha qat’iy qoidalari mavjud.
Ular quyidagicha:
Salomlashish va ko‘rishishda ismi bilan murojaat qilish. Bu nafaqat uni hurmat
qilishingizni, balki o‘zingizga nisbatan ham shunday hurmat bilan qarashingizni
anglatadi.
Nigoh muhim ahamiyatga egadir. Samimiyatni ko‘rsatish uchun suhbatdoshini
ko‘zlariga qarash lozim.
Salomlashuvda turish shart. O‘tirib ko‘rishilmaydi. Yosh va jinsning ahamiyati
yo‘q.
Tabassum va shirinsuxanlik har qanday vaziyatga ob’yektiv yondoshishga olib
keladi.
Ismingizni aytib ko‘rishing. Birinchi marta ko‘rib turgan bo‘lsangiz ismi-
sharifingizni aytib o‘zingizni bir yo‘la tanishtiring. Agar avval ham uchrashganizga
gumoningiz bo‘lsa, ismingizni aytganingiz ma’qul – bu sherigingizni noqulay
vaziyatga tushib qolishini oldini oladi.
Ko‘rishganda qo‘l berib ko‘rishish kerak. Bunda qo‘lni haddan ziyod qisib
yuborish
yaramaydi.
Shasht
bilan uzatilgan qo‘l munosabatni yanada
mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: