118
Yuqorida qayd etilgan masalalarning
barchasi oldindan, tashrif amalga
oshirilishidan ilgari ishlab chiqiladi va yuqori darajadagi tashriflarni tayyorlash
vaqtida mehmon tomon bilan kelishib olinadi.
Tashrifni uyushtirish bo‘yicha amalga oshirilgan barcha tadbirlar uni sermahsul
va muvaffaqiyatli o‘tishiga zamin yaratadi.
Tashriflar o‘z klassifikatsiyasi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Ular: oliy
darajada tashkil etiladigan
davlat va rasmiy tashriflari, «Sammitlar», amaliy va
norasmiy tashriflar. «Sammit» va oliy darajadagi uchrashuvlarda asosiy e’tibor
siyosiy muzokaralarga hamda tantanali marosimlar tadbirlari, gulchambar qo‘yish
marosimlari,
ehtirom tashriflari, qabullar, jamoat bilan uchrashuvlarga qaratiladi.
Bunday tashrif odatda qo‘shma hujjatlarni imzolash bilan yakunlanadi. Bu
avvalambor ishlab chiqilgan va kelishilgan dastur bo‘yicha amalga oshirilib,
faqat
biror-bir favquloddagi hodisalar tufayli dasturga ma’lum o‘zgarishlar kiritilishi
mumkin.
Amaliy tashriflar biror-bir tadbirga tayyorgarlik maqsadida konsultatsiya va fikr
almashish yo‘li bilan ma’lum masalani hal qilish uchun o‘tkaziladi. Seremonialga
buiday holatlarda amal qilinmaydi. Bu turdagi tashriflar kam vaqtni o‘z ichiga oladi.
Norasmiy tashriflar ta’til, davolanish maqsadida
va xususiy takliflar bilan
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: