Ko‘ylak va bo‘yinbog‘. Barcha turdagi qabullarda kraxmallangan va yumshoq
yoqali oq rangli ko‘ylak va yorqin rangi bo‘lmagan bo‘yinbog‘ taqish tavsiya etiladi.
Rang-barang va neylon ko‘ylak, qora bo‘yinbog‘ taqish tavsiya etilmaydi. Qora
bo‘yinbog‘ motam belgisi sanaladi.
Paypoq. Yorqin rangli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lmasligi kerak. Aksariyat
hollarda kulrang va qora rangligidan foydalaniladi, qachonki, milliy bayram
munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar vaziri sharafiga yoki uning
nomidan o‘tkazilayotgan bo‘lmasa.
Poyafzal . Qora rangli poyafzal kiyish tavsiya etiladi. Sandal kiyish mumkin
emas. Yaltiroq (laklangan) qora tufli faqat smoking bilan kiyiladi. Qora rangli
bo‘lmagan palto yoki kostyum bilan qora rangli bosh kiyim kiyilmaydi.
Rasmiy shaxslar tashqi qiyofasida modaga qarab emas, o‘zining darajasiga amal
qiladilar.
Ayollar uchun Qabulda odmi, o‘rtamiyona ranglardagi kiyim kiyish tavsiya etiladi. Nonushta,
choy, kokteyl uchun oddiy uzun ko‘ylak, katta bo‘lmagan shlyapa kiyiladi, qabul
davrida shlyapa yechilmaydi. Mezbon shlyapa kiymaydi.
Soat 20.00 da va undan kech boshlanadigan qabullar uchun birmuncha bezangan
kiyimlar kiyiladi. Ular odatiy uzunlikda va uzun bo‘lishi mumkin. Shlyapa
kiyilmaydi.
Poyafzal. Turli balandlikdagi teri va zamsh poyafzallar kiyiladi. Sport poyafzali
hamda tagi kauchuk, rezinali oyoq kiyimni qabulga kiyish mumkin emas.
Qo‘lqop va sumka. Soat 20.00 gacha boshlanadigan qabullar uchun shoyi
matoli va layka qo‘lqoplar kiyish mumkin. Sumka teri va zamshli bo‘lishi mumkin.
Kechki bezakli ko‘ylaklarga shoyi va turli qo‘lqoplar kiyish mumkin.
Ko‘ylakning yengi qanchalik kalta bo‘lsa, qo‘lqop shunchalik uzun bo‘ladi. Kichik
o‘lchamdagi, shoyi, biserli sumka tavsiya etiladi.