13
Etikaning shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta.
Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’oni Karimda axloqiy
qoidalarga alohida e’tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta’riflangan va
insoniyatni ularga amal qilishga undalgan. Bu axloqiy qoidalar quyidagilardan iborat:
yaxshilik qilish, kechirimli bo‘lish, sabr-qanoatli bo‘lish, aldamaslik, shirinsuxanliq
ota-onani,o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomusli, sadoqatli bo‘lish va
boshqalar. Boshqa dinlar ham jamiyatning axloqiy qoidalarining shakllanishida va
rivojlanishida katta rol o‘ynagan.
Professional etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, ular
bir xil masala, ya’ni axloq bilan Shug‘ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish
tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgansa, professional etika va etiket esa
uning amaliy tomonlarini o‘rganadi. Shunday qilib,
falsafa axloqning nazariy
masalalari bilan shug‘ullanadi, professional etika va etiket esa jamiyatda
qo‘llaniladigan axloqiy qoida va me’yorlarni o‘rganadi.
Psixologiya va professional etika va etiket fanlari o‘rtasida ham ma’lum
bog‘liqlik mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‘limi mehnat
turiga xos xossalarning odamga ruhiy ta’sirini o‘rgansa, professional etika va etiket
fani esa turli kasb egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini
o‘rganadi.
Professional etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya
qismiga aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‘liqligi,
ayniqsa oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining tabiat
qonunlariga rioya qilmasligi va undan yovuzlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi
yillarda ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‘rtacha
yillik haroratning oshib borishi va uning natijasida
muzliklarning erishi,yoki ba’zi
bir mintaqalarda, masalan, Orol dengizi ko‘rfazida qurg‘oqchilikning yuzaga kelishi
va boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fojiyalarning oldini olish va tabiatdan
oqilona foydalanish uning qoida va me’yorlarini zudlik bilan amalga tadbiq yetishni
talab qiladi. Amaliy me’yor va qoidalarni ishlab chiqish professional etika va etiket
fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Hozirgi kunda tirik organizm, o‘simlik va hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman
yo‘q bo‘lib kyetish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab
kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go`zal orollarga
ko‘mib
tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar
bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni
to‘xtatmayotir.
Nemis olimi V.Derngols kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga nisbatan
ekologik va gigiyenik munosabat madaniyatnishakllantirishni hayotiy zaruriyat
tarzida qarab: «Yerda suvning tozaligini saqlash - inson qonining sofligini
14
ta’minlashning zaruriy shartidir...Inson suvni ifloslantirishi bilan o‘z umrini
qisqartiradi»,
6
- degan edi.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik
tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda,
XXI asr kishisi ongini
texnokratiya zaxaridan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida
endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida
ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etnolog olim, Nobel mukofoti laureati
Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga
begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy
to‘poslik aybdordir»
7
- degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.
Madaniyatshunoslik va etika fanlarining o‘rtasida ham uzviy bog‘liqlik
mavjud, chunki etika fani odamlarga hamda kasb guruhlariga axloqiy qonun-
qoidalarni o‘rgatish
orqali ularning,qolaversa jamiyatning umumiy madaniyatini
oshirishga yordam beradi.
Etika fani maxsus fanlar, chunonchi «Sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil
yetish» fani bilan ham bevosita aloqador. Uning boisi shundan iboratki, sayyohlarga
va aholiga xazmat ko‘rsatishda ovqatlanish korxonalari xodimlari etika qoidalariga
qat’iy rioya qilishlari shart. Shundagina mehmonlar kayfiyati buzilmaydi va iste’mol
qilingan taom yaxshi hazm bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: