Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Tarbiyali kishi ko‘chada: 

Iflos qilmaydi, tuflamaydi, qo‘li bilan ko‘rsatmaydi;

Bolalarga baqirmaydi;

Do‘sti bilan gaplashish uchun yo‘lni o‘rtasida turib olmaydi;

Gazonlar bo‘ylab yurmaydi, yeyilgan qoldiqlarni tashlamaydi, danaklarni 
tuflamaydi, pista chaqmaydi, radio yoki magnitofonni barlla ovozga qo‘yib 
yubormaydi.

Yo‘l qoidalariga nisbatan mensimaslik hissi nafaqat hayot uchun xavflidir, 
balki Shundoq ham qiyin bo‘lgan haydovchini ishini og‘irlashtiradi. Shu bilan birga 
haydovchilar ham yo‘lovchilarga loy yoki iflos suvni sachratib kyetishlari o‘ta 
madaniyatsizlikdir! 
Ko‘chada uchratib qolgan tanishdan «qayerga ketyapsan?» deb so‘roqqa tutish 
va bir o‘zi ketmayotgan kishini yo‘lda to‘xtatish yaxshi emas. Erkak doimo ayolni 


142 
o‘tkazib yuboradi (G‘arbda), bizda esa aksi. Yo‘l qiyin bo‘lsa, barcha joyda ham ayol 
kishiga osonlik tug‘dirish uchun erkak oldinda yuradi. Yonida ketayotgan ayolni 
og‘ir sumkasi yoki jamadon, portfelni ko‘tarib kyetishi mumkin, ammo ayolning 
sumkasi yoki yomg‘irpo‘shini olib yurishi erkak kishishga yarashmaydi. Ayol ustki 
kiyim yoki plashini o‘zi bilan olib yuradi. 
Yig‘ilgan yomg‘irpo‘shni olib yurishning qoidalari qanday? 
Ayol yomg‘irpo‘shning uchidagi ipini qo‘liga ilib oladi. Erkak chap yelkasiga 
osiltirib yoki hassaga o‘xshab qo‘lida olib yuradi. Uni nayzaga o‘xshatib olish 
yaramaydi, birovga tegib kyetishi mumkin. Ochiq holdagi yomg‘irpo‘shni birovning 
boshiga yoki boshqa narsaga ilib olmaslikka harakat qilib yurish lozim. Yo‘l ostidan 
o‘tadigan yo‘laklarda yomg‘irpo‘shni yopib olgan ma’qul. 
Kiyimga esa e’tiborli bo‘lganimiz yaxshi. Avvalambor ozoda va batartib bo‘lish 
lozim. Yalang oyoqqa sandallarni faqat dam olish maskanlarida kiyiladi. Kostyum 
bilan hech qachon qo‘lqop kiyilmaydi, uni faqat plash yoki paltoga moslab kiyiladi. 
Ko‘chada qizlarga yosh yigitlarning «gap otishi», qizlarning barallla qah-qaha 
otishlari o‘z tarbiyasining noqisligini ko‘rsatadigan holatdir. Yo‘lda o‘tib ketayotgan 
kishiga «Kiyimingizga ip yopishib qolibdi» yoki «Paltoingizga loy sachrabdi» degan 
gaplar garchi yordamga o‘xshab ko‘rinsa ham, adabsizlik belgisidir. Ammo ayolning 
sumkasi ochilib qolganini, sigaretni kukuni erkakni kiyimga tushib cho‘g‘ otganini 
aytish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin