155
Oilaviy axloq o‘z juftini ishonch xalqalari bilan bog‘lanishini taqozo etadi. Shu
bois o‘z yaqiningizni yolg‘onchilikda ayblash yoki biron narsada
«ushlashga»
harakat qilish vaziyatni og‘irlashtiradi xolos. Bu ishonchsizligingiz sizga nisbatan
ichki dushman sifatida qarashga olib kelish mumkin. Albatta me’yorida,
siz uchun
aziz bo‘lgan odam sifatida chiroyli rashk qilish mumkin. Bu hatto aloqani
mustahkamlaydi. Ammo yarim haqorat shaklidagi rashklar,
juftingizni qilmagan
ishini qilishga undashi mumkin. Yaqiningiz bilan bo‘lgan munosabatda
«tilga suyak
qo‘yib qo‘ygan»
yaxshi.
«Jinni bo‘libsiz!»
degan so‘z albatta ajrashishga sabab
bo‘lmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli ko‘rsatmaydi. Undan ko‘ra:
«Adashyapsiz
azizim!»
deb aytgan durustroq.
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‘tkir tushunchalardan hayiqmoq lozim.
Bizning so‘zlarimiz biz istagan darajada
doimo natija bermasligi mumkin, o‘zimiz
bilmagan holda boshqalarni qalbini yaralashdan uzoqroq bo‘lganimiz ma’quldir.
Yomon ma’noda so‘z aytgan bo‘lsangiz, unda uni ifodalashdan ne ma’ni bor?! Gap
bilan
Dostları ilə paylaş: