159
uchun alohida-alohida yotoqxonalar bo‘lishi lozim. U yerda shkaf javoni bo‘lishi
zarur. Har bir kishiga yuvib almashtirish uchun ikkitadan choyshab va yostiq
g‘iloflari bo‘lgan yaxshi. Yotoqxonaga ortiqcha narsalar, devorlarga osilgan gilamlar,
televizor, muzlatgich kabilar qo‘yilmaydi.
Oshxona:
O‘zbek xalqida xonadonga
sovchi yoki mehmon kelsa, avvalo,
oshxonaga e’tibor beradi. Oshxona yorug‘, shinam, shamollatish oson va qo‘shni
xonalarga yaqin bo‘lishi lozim. Oshxona kuniga bir marta tozalanib, yuvib,
shamollatib turiladi. U yerda sabzavot va meva po‘choqlari
uchun va suyak, ovqat
qoldiqlari uchun alohida chelak bo‘lishi lozim,
idishlar yuvilgach, qaynoq suvda
chayiladi. Sanchqi va qoshiqlar artiladi. Sovitgichda esa sariyog‘, go‘sht, sut,
taomlar, ho‘l mevalar og‘zi yopiq holda saqlanadi.Farosatli bo‘lish bunda muhim.
Singan, cheti uchgan idishlarda choy yoki taom keltirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: