Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Er

xotinlar 
Oila a’zolari bir-birining odati, didi va qarashlarini hurmat qilishi lozim. O‘zini 
namuna sifatida ko‘rsatib tanqidga berilish yaramaydi. Yotoqda kitob o‘qishni yaxshi 
ko‘rasizmi? Unda boshqaga ham televizor orqali berilayotgan futbol matchini 
ko‘rishga imkon bering! 
Er yakshanba kuni do‘stlari bilan uchrashishni yaxshi ko‘radi. Bu degani 
qo‘shnilar kabi er bilan aylangani chiqishdan mahrum bo‘lasiz degani. Xo‘sh nima 
qilibdi? Ammo siz yakshanbadan tashqari boshqa kunlari eringiz sizning 
ixtiyoringizda! Agar siz ham yoringizga imkoniyat yaratsangiz, undan ham Shuni 
kutishingiz mumkinligini yodda tuting.
Oila a’zolari bir-birining qiziqishiga xalaqit berishi, erkinliklarini bo‘g‘ishi, 
tanqid qilishi, yoki ovozini ko‘tarishi, o‘zining salbiy munosabatini bildirishi, eng 
zarur paytda magnitofonni ovozini baland qilib, asabga tegishi yaxshi emas. Oila 
a’zolarining har biri tartibni yaxshi tutib turishi lozim. Kirganda tashqi eshikni yopib, 
oyog‘ini artishi, chiroyli salomlashishi va xayrlashishi lozim. 
Xat yozishlar doimo sir saqlanishi lozim. Kattalar bolalarning xatlarini 
so‘ramasdan yoki aytmasdan ochishlari yaxshi emas. Bu ularni ota-onalariga nisbatan 
bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi. Er-xotinlar bir-birining sirlari bilan qiziqish, xatlari va 
narsalarini titish, ayb topishga intilish, tekshirish yaramaydi. Bu vaziyatni 
yengillashtirmaydi, aksincha, og‘irlashtiradi. Qaynona-qaynota ham yoshlarning 
sirlari bilan qiziqishi, ular berkitgan ma’lumotlarni bilishga intilishi noo‘rindir. Ular 
nafaqat farzand, balki shaxs ekanliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Bu 
ularning shaxsiyatiga tegadi. 
Bir-birining xonasiga kirishdan oldin eshikni taqillatishi shartmi? Bu borada har 
bir oilaning o‘ziga yarasha qoidalari bor. Har holda ertalab yoki kechqurun xonaga 


160 
kirganda taqillatmoq kerak. Bizda qaynota nafaqat yotoqxona, balki kelin uchun 
ajratilgan ikki xonaga ham odob yuzasidan kirmaydilar. Qaynonalar kiraveradilar. 
(Ayol ayolga sirdosh sifatida). Ba’zida esa kelinlar hatto qaynonalaridan ham 
uyalishadi. (O‘g‘illarining ayoli sifatida). Qadimda esa qaynona tugul ona ham 
bunday vaziyatlarda hayo pardasi ortidan ish ko‘rar edi. Qizning ota-onasi esa 
umuman kuyovning uyiga qadam bosmaslikka harakat qilardilar. Har holda ota. Buni 
begonalikdan emas, balki odob yuzasidan qilinar edi. 
Dasturxon atrofida o‘tirganda «yoqimli ishtaha» dyeyish shart emas. Ammo 
taom uchun minnatdorchilik bildirish lozim. 
Er-xotinlik mulozamati – bu san’at. Hozirda ko‘pchilik agar er ayoliga tavozeli 
bo‘lsa, oilada ayol hukmron ekan degan noto‘g‘ri fikrga keladilar. Ayol erini sevsa, 
hurmat qilsa – unga buni o‘rgatishning keragi yo‘q.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin