Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar: 

Doimo ayoli kiygan libosi bo‘yicha biron bir munosabatni bildirish lozim. 

Rafiqasining oldida boshqa ayollarga o‘grilib qaramaslik joiz; 

«Seni boqyapman» deb da’vo qilish noo‘rin – bu erkak burchidir; 

Uydayarimyalang‘och holatda yurmaslik; 

ishga bormaydigan vaqtda uydan chiqishdan oldin ayoliga qayerga 
borayotganini aytish «erkaksiz yashashga o‘rganib qolishning» oldini oladi; 

pishirilgan taomni tanqid qilish yaramaydi, kezi kelsa boshqa biron 
vaziyatda gap orasida aytish mumkin; 

ayolingiz uyda nima ish bilan band ekanligiga ba’zan qiziqib qo‘yish kerak; 

rafiqasi bilan ro‘zg‘or masalalaridan tashqari boshqa mavzular bo‘yicha ham 
suhbatlashib turiish munosabatlarni mustahkamlaydi, ziddiyatlarni oldini 
oladi. 
Ayollarga maslahatlar: 

turmush o‘rtog‘iga narsalar olayotganda, dugonalarning emas, uni o‘zining 
ham didi bilan qiziqqan ma’qul; 

Eringiz yaxshi ko‘rgan taomni ko‘proq tayyorlash uning kayfiyatini 
yaxshilaydi; 

Uning uchun qadrli bo‘lgan narsalardan foydalish munosabatlarni suiste’mol 
qilish bilan baravardir; 

Davrada barcha uchun allaqachon ma’lum bo‘lgan voqeani aytib 
berayotganda ham, uning so‘zlarini kiprik qoqmasdan diqqat bilan eshitish 
kerak. Uning gapini bo‘lmang. So‘zlariga ishonchsizlik bildirish uni yerga 
uradi; 


161 

Bolalarni oldida otani tanqid qilish nafaqat eringizni sizga bo‘lgan 
munosabatini yaxshilamaydi, balki bolalarni ham uy boshlig‘iga nisbatan 
hurmatini yo‘qotadi. Bunda bolalar ota-onani omadsiz oila a’zolariga 
qaragandek munosabat qilishlariga olib kelishi mumkin; 

Nazorat va tekshiruv o‘rtasiga olish yaramaydi. Bu uni xafa qilishi mumkin. 
Juda zaruriyat tug‘ilsa, va bu tez-tez takrorlanadigan taqdirda bolalarni 
shirin tillaridan foydalagan ma’qul. 

Onasiga bo‘lgan tabiiy bog‘lanishini tanqid qilish noto‘g‘ri. Bu uni mustaqil 
erkak sifatida yerga uradi.

Uni maqtab turish, uning maslahatini qabul qilib turish lozim; 

U yoqtirmagan mehmonlarni taklif qilish, unga yoqmaydigan joylarga 
mehmonga borish tavsiya etilmaydi. 
Oyat va hadislarda ham ayollarga yaxshi muomalada bo’lish haqida ko‘p 
martalab ta’kidlangan. Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Mo’min kishi 
mo’mina ayoldan nolimasin, agar uning bir xulqidan norozi bo’lsa, ikkinchi xulqidan 
rozi buladi”, deydi. (Imom Muslim rivoyati). 
Bu hadisi sharifda aytilayaptiki, inson bolasi nuqsonsiz va aybsiz bo’lmaydi. 
Shuning uchun erkak kishi ayolning ayrim nuqsonlariga chidam va sabr bilan qarashi 
zarur, chunki har bir insonda bir necha ijobiy xulq va sifatlar bor. Yaxshi gap bilan 
sekin-asta nuqsonlarni tugatish mumkin va yaxshi sifatlarni taraqqiy ettirish mumkin. 
Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan ayolning erdagi huquqlari 
nimadan iborat deb so‘raganlarida, Rasululloh: “Taom yesang xotiningga ham yedir, 
yangi kiysang, xotiningga ham yangi kiyim olib ber”, dedilar (Abu Dovud rivoyati). 
Erning xotindagi haqlari ham oyat va hadislarda bayon qilingan: “Agar 
ma’siyatga (gunohga) yurmasa xotin erga itoat yetishi kerak, uydagi ashyoni sarishta 
qilib saqlash ham ayolning burchidir. Eridan ruxsatsiz xotinlar, hatto ibodat bo‘lsa 
ham, nafl ro’za tutmasligi zarur, eridan ruxsatsiz uydan chiqib ketmasligi va eri 
norozi bo‘ladigan ishni qilmasligi kerak”. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin