115
Hozirgi kunda xalqaro amaliyotda hamma ishtirokchilar
uchun bajarilishi shart
bo‘lgan va o‘z etiketiga xos bo‘lgan bir nechta rasmiy qabullarning turi mavjud.
Diplomatik qabullar chog‘ida suhbat olib boriladi,
aniq belgilanmagan
muzokaralar, tanishuv va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
Ishtirokchilar bir-birlarining o‘zaro aloqasi, yig‘ilish xarakteri,
yoshiga qarab,
bir-birlarini to‘liq ism-shariflarini aytib o‘tishlari yoki faqatgina familiyalarini aytish
bilan chegaralanadilar.
Diplomatik uchrashuv yoki diplomatik qabulning xarakteri o‘zaro muloqotning
me’yori va shaklini, salomlashish darajasini belgilaydi.
Bir
uchrashuv butunlay norasmiy, boshqasi – yarim rasmiy, uchinchisi esa –
protokol tomonidan oldindan belgilangan tarzda o‘tkaziladi.
Etiket aiiq va bir xil
tavsiyalarni ko‘zlamaydi.
Diplomatik etiketga ko‘ra, asosiy muomala sharti qabul turi bilan bog‘likdir.
Xulq-atvorning asosiy sharti diplomatik etiketga binoan qabul marosimi bilan
bog‘liqdir.
Qabul marosimlari diplomatik korpus vakillari o‘rtasida hamda rasmiy hukumat
vakillarining xorijiy vakillar bilan aloqalarini o‘rnatish
va ularni rivojlantirishga
qaratilgan.
Qabul marosimlari biror-bir voqeani nishonlash uchun, masalan,
mamlakatga
davlat yoki hukumat rahbari tashrifi yoki bayram va yubiley sanalari munosabati
bilan, taniqli Shahslarga
hurmat belgisi sifatida, biror-bir hujjatlarni imzolash
sharafiga o‘tkaziladi.
Qabullarning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: