114
Kechki tadbirlar uchun to‘q ko‘k yoki to‘q kul rangdagi kostyum nihoyatda mos
keladi (u bilinar-bilinmas yo‘l-yo‘l bo‘lishi ham mumkin).
Qora rangdagi kostyum
kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00. dan ilgari boshlanadigan tadbirlarga och
rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‘ylak va galstuk kechki kiyimning ajralmas
qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq
ranglardagi galstuk tavsiya etiladi.
Germaniyada erkaklar odatda «dvoyka» – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi,
ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin.
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tikilish turi va rangiga bo‘lgan
talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan farqli
o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin,
lekin shuni esda tutish
lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil yetishi
kerak.
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor.
Kunduzgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus
yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy uzunlikdagi ko‘ylak yoki ko‘ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida
maxsus yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa) kechki-bayramona,
oddiy uzunlikdagi
ko‘ylaklar yoki ko‘ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki qabullarga
berilgan taklifnomada «kechki libos» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu tavsiyaga rioya
qilish maqsadga muvofiq.
Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‘rtacha uzunlikda (yerdan 15-20sm
balandlikda) va uzun (yergacha) bo‘ladi. Oxirgi paytlarda uzun ko‘ylaklar kam
kiyilmoqda. Kunduzgi qabullar va «kokteyl» yoki «furshet» qabullariga qulay
poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‘ylaklarga yuqori poshnali zamsh,
parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi. Kechki
ko‘ylakka mos qilib shoyi qo‘lqop kiyish mumkin. Agar ko‘ylak
yenglari uzun
bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi.
Zebu ziynatlarga kelganda, ko‘p mamlakatlarda kunduzgi qabullarga bijuteriya,
kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zebu ziynatlarni taqish odat tusiga kirgan.
Dostları ilə paylaş: