Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Ko‘ylak va bo‘yinbog‘.
Barcha turdagi qabullarda kraxmallangan va yumshoq 
yoqali oq rangli ko‘ylak va yorqin rangi bo‘lmagan bo‘yinbog‘ taqish tavsiya etiladi. 
Rang-barang va neylon ko‘ylak, qora bo‘yinbog‘ taqish tavsiya etilmaydi. Qora 
bo‘yinbog‘ motam belgisi sanaladi. 
Paypoq.
Yorqin rangli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lmasligi kerak. Aksariyat 
hollarda kulrang va qora rangligidan foydalaniladi, qachonki, milliy bayram 
munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar vaziri sharafiga yoki uning 
nomidan o‘tkazilayotgan bo‘lmasa. 
Poyafzal
. Qora rangli poyafzal kiyish tavsiya etiladi. Sandal kiyish mumkin 
emas. Yaltiroq (laklangan) qora tufli faqat smoking bilan kiyiladi. Qora rangli 
bo‘lmagan palto yoki kostyum bilan qora rangli bosh kiyim kiyilmaydi.
Rasmiy shaxslar tashqi qiyofasida modaga qarab emas, o‘zining darajasiga amal 
qiladilar. 
 
Ayollar uchun 
Qabulda odmi, o‘rtamiyona ranglardagi kiyim kiyish tavsiya etiladi. Nonushta, 
choy, kokteyl uchun oddiy uzun ko‘ylak, katta bo‘lmagan shlyapa kiyiladi, qabul 
davrida shlyapa yechilmaydi. Mezbon shlyapa kiymaydi.
Soat 20.00 da va undan kech boshlanadigan qabullar uchun birmuncha bezangan 
kiyimlar kiyiladi. Ular odatiy uzunlikda va uzun bo‘lishi mumkin. Shlyapa 
kiyilmaydi. 
Poyafzal.
Turli balandlikdagi teri va zamsh poyafzallar kiyiladi. Sport poyafzali 
hamda tagi kauchuk, rezinali oyoq kiyimni qabulga kiyish mumkin emas.
Qo‘lqop va sumka. 
Soat 20.00 gacha boshlanadigan qabullar uchun shoyi 
matoli va layka qo‘lqoplar kiyish mumkin. Sumka teri va zamshli bo‘lishi mumkin. 
Kechki bezakli ko‘ylaklarga shoyi va turli qo‘lqoplar kiyish mumkin. 
Ko‘ylakning yengi qanchalik kalta bo‘lsa, qo‘lqop shunchalik uzun bo‘ladi. Kichik 
o‘lchamdagi, shoyi, biserli sumka tavsiya etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin