127
Attashe
- Elchixonaning uchinchi kotibiga, Tashqi
ishlar vazirligi bo‘limining uchinchi kotibiga,
attashega
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va
Muxtor Vakilning diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari bilan beriladi.
Birinchi va ikkinchi darajali Maslahatchining, birinchi va ikkinchi darajali
birinchi kotibning, birinchi va ikkinchi darajali ikkinchi kotibning, uchinchi kotib
hamda atteshening diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirining buyruqlari bilan beriladi.
Lavozimda
ishlash
muddatlari
har
bir diplomatik
martaba
uchun
quyidagichadir:
attashe, uchinchi va ikkinchi kotiblari 2-3 yil
birinchi kotib va maslahatchilar 3-4 yil
Attashening boshlang‘ich diplomatik martabasi diplomatik xizmatda kamida
bir yil ishlagan shaxsga beriladi.
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va
Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi.
Boshqa diplomatik martabalarga ega bo‘lgan shaxslarda ular ushbu mansabdor
shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga
chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi
va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega
bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan,
shuningdek, diplomatik xizmat talablariga zid hatti-harakatlar uchun mazkur
unvonlardan mahrum etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: