129
Xar bir mamalakat o‘z etiket tamoyillariga ega
va ular xalqaro etiketning
ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, quyidagilar:
Fransiya.
Fransiya
etiketning
vatani
hisoblansa-da,
unga
boshqa
mamlakatlardagi kabi katta e’tibor berilmaydi.
Bir necha asrlar davomida Fransiyada «fransiyalik o‘zini qay tarzda tutsa bu
etiketdir», degan fikr saqlanib kelmoqda. Farang tili — jahon va diplomatiya tili. Bu
borada, fransyaliklarning fikricha, hech narsa o‘zgarmagan. Boshqa xalqlardan farqli
o‘laroq fransiyaliklar horijliklar ularning tilini nafaqat bilishlarini,
balki juda yaxshi
darajada bilishlari kerakligini zaruriy, deb hisoblashadi.
Fransiyada bir-birini qay darajada bilishidan qat’iy nazar qo‘l berib salomlashish
zaruriy odat tusiga kirgan.
Bir kun davomida bir kishi bilan ikki marta, go‘yo bu insonni birinchi bor
ko‘rayotgandek, qo‘l berib salomlashish, ayni hurmatsizlik belgisi hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida fransuzlar bir-birlarining gaplarini bo‘laveradilar.
Bu narsa
tarbiyasizlik alomati sifatida tan olinmaydi, balki aksincha,
suhbatdoshlarini diqqat
bilan tinglayotganliklarini anglatadi va suhbatga qiziqishlari yuqori darajada bo‘lgani
uchun o‘z fikrlarini tezroq bildirmoqchi bo‘lganliklarini namoyon qiladi. Boshqa
millatlar suhbatida mumkin bo‘lgan hollar fransiyaliklar uchun tarbiyasizlik belgisi
bo‘lishi mumkin.
Fransiyaliklar suhbat davomida qo‘llari bilan harakat qilishni yaxshi ko‘radilar.
Ular ayni qo‘llari yordamida o‘z fikrlarini aniqroq yetkazadilar. Fransiyaliklar
qo‘llari harakatlaridan
suhbatdoshning ichki dunyosi, intellektuali darajasi va ichki
hissiyotlari haqida bilish mumkin.
Ular hayotdagi barcha hollar uchun qo‘l harakatlarini ishlatadilar: biror narsa
yoqmagan
hollarda, ishonchsizlikda, kechirim so‘raganda, taajublanganda, o‘zini
yo‘qotib qo‘yganda va sog‘inganda.
Dostları ilə paylaş: