Tushlik-bufet, furshet va kokteyl – eng keng tarqalgan hamda turli sabablar
bilan o‘tkaziladigan qabul turlaridir. O‘tkaziladigan joyga qarab odatda unga ko‘proq
odamlar taklif qilinadi. Bu qabullar soat 17 va 21lar orasida tashkil etilib, furshet va
kokteylda o‘tirilmaydi, tushlik-bufetda esa uncha katta bo‘lmagan besh olti kishilik
stollarning biriga o‘tkaziladi. Mehmonlar gazak va ichimliklarning maxsus
dasturxondan olib ta’bga qarab istagan stollaridan biriga o‘tirishlari mumkin. Tashrif
vaqtlari qabulning boshlanishi va yakunlanishi ko‘rsatilgan taklifnomalar asosida
aniqlanib, nonushta va tushlikdagidek aniq vaqtga kelish shart emas, unga bir oz
kechikish odobsizlik sanalmaydi. Ammo qabul boshlanishining dastlabki ikki soatida
uni tashlab chiqib kyetishni maslahat bermaymiz. Zotan, ma’lum bir shart-sharoitdan
kelib chiqib zaruriyat tug‘ilgan bo‘lsa, mezbondan uzr so‘rab, uning ruxsati bilan
qabul haqida bir nechta yaxshi fikrlarni bildirib kyetish mumkin.
Shampan bokali. Qoidaga binoan soat 12 da boshlanib, bir soatlar atrofida
davom etadi. Bunday qabulni o‘tkazish uchun milliy bayramning yilligi, elchini
kuzatish, mamalakatda delegatsiyani kutib olish, ko‘rgazmani (festival) ochilishi
sabab bo‘lishi mumkin. Qabul paytida shampan vinosidan tashqari mehmonlarga
boshqa ichimliklarni ham taklif yetish mumkin (vino, sharbatlar, mineral suv).
Ichimliklar va gazaklarni ofitsiantlar tarqatadilar.
Diplomatik etiketda kiyinish madaniyati Kiyinish madaniyati va qoidalari diplomatik etiketning ajralmas qismidir.
Diplomatik etiketda ayollar va erkaklarning turli xil marosimlar uchun kiyinish
me’yorlari va qoidalari shaklangan va belgilangan.
Erkaklar uchun Kostyum. Nonushta, kokteyl hamda 20.00 gacha boshlanadigan boshqa qabullar
uchun yorqin rangli bo‘lmagan istalgan rangdagi kostyumni kiyish mumkin. Agarda
ushbu qabullar milliy bayram munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar
vaziri sharafiga yoki uning nomidan o‘tkazilayotgan bo‘lmasa.
Milliy bayram munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar vaziri
sharafiga yoki uning nomidan o‘tkazilayotgan qabullar hamda 20.00 da va undan
kech boshlanadigan qabullar uchun to‘q rangli kostyum kiyish tavsiya etiladi.
Smoking kiyish kerak bo‘lgan hollarda taklifnomada bu haqda ogohlantiriladi.
124
Frak kiyish lozim bo‘lgan hollarda ham taklifnomada ogohlantiriladi.