130
o‘tishga yoki suhbat davomida paydo bo‘ladigan bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam
beradi.
Angliyada ko‘rishganda, ayollar qo‘lini o‘pish va hamma borligida «naqadar
go‘zal libos!» yoki «juda ajoyib tort!» kabi maqtovlar juda noo‘rin hisoblanadi.
Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o‘tirganlar gapirgan
kishini tinglashi va notiq o‘z
navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so‘z yuritishi
zarur.
Germaniya.
Germaniyada ehtirom, yaxshi muomala,
sipo va kamtar kiyinish
uslubi, murojaatlarda shartliliklarga amal qilish, aniqlik va ishbilarmonlik qadrlanadi.
Germaniyaliklar o‘z hurmatlarini biladilar hamda Germaniya Evropa yuragi
ekanligini hamisha yodlarida tutadilar.
Muomala qilinayotgan paytda daraja va familiyalarni aytish qabul qilingan. Har
bir muomaladagi shaxsning titulini aytib kyetish muhimdir. Agar titul noma’lum
bo‘lsa, «doktor janoblari» deb murojaat qilish mumkin.
Germaniyada yoshi kattaroq yoki mansabi yuqori bo‘lgan shaxsning tashabussi
bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, «sen», deb murojaat qilish tavsiya etilmaydi.
Qo‘l berib salomlashish keng tarqalgan bo‘lib, hatto qisqa muddatlik hayrlashish
chog‘ida ham keng ishlatiladi. Ayollar qo‘l berish istagini
bildirgunga qadar kutib
turish tavsiya qilinadi. Odatda taklif etilganlarning hammasi bilan qo‘l berib
salomlashish keng tarqalgan. Istisnoni juda ko‘p kishilar taklif etilgan hollar tashkil
etadi.
Restoranda
atrofdagi taklif etilganlar, hatto noma’lum shaxslar bilan «Yoqimli
ishtaha» ma’nosini anglatuvchi tushunchalar bilan salomlashiladi.
Biror ichimlik iste’mol qilishdan avval bokal ko‘tarilib, mezbon bokali bilan
urishtiriladi (ammo, masalan, Fransiyada bokal ko‘tariladi, lekin urishtirilmaydi).
Dostları ilə paylaş: