Himoyalanmagan jinsiy aloqa — prezervativsiz jinsiy aloqa (vaginal, oral va / yoki anal) — jinsiy yo‘l bilan yuqadigan OIV va boshqa tanosil kasalliklari bilan kasallanish xavfini oshiradi.
Igna almashish — intravenoz (vena ichiga) narkotiklardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda OIV yuqishining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Ignalarni almashib foydalanish oITS va gepatit Q kabi boshqa xavfli virusli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ignadan foydalanishdan O‘ toza, foydalanilmagan, O‘ramidan ochilmaganligiga e’tibor berish kerak.
Tanaga ta’siri — OIV zararlangan qon ta’siri xavfini kamaytirish va oldini olish uchun ehtiyot choralarini ko‘llash orqali nazorat qilinishi mumkin. Har qanday holatda ham sog‘liqni saqlash xodimlari baryerlardan (ko‘lqoplar, niqoblar, ko‘zoynaklar, qalqonchalar va xalatlar) foydalanishlari darkor. Qon yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqadan so‘ng terini darhol va to‘liq yuvish kasallanish ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Homiladorlik — ayrim ArV preparatlari tug‘ilmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin. Biroq, samarali davolash rejasi OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishini oldini oladi. Bolaning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish zarur. Kesarcha kesishtalab qilinishi ehtimoli mavjud. Ushbu virus bilan kasallangan onalar bolalarini emizmasliklari kerak.
Ta’lim — sog‘liqni saqlash ta’limi insonlarga kasallik yuqishi yo‘llari va xavf omillarini tushuntirishi kasallikning odini olish uchun muhim hisoblanadi.
Qat’iylik — oITSni davolash faqat dori-darmonlar O‘z vaqtida qabul qilinganda samarali bo‘ladi. Hatto bir necha dozaning yo‘qligi davolanishni xavf ostiga ko‘yishi mumkin. Kundalik metodik dastur bemorning turmush tarzi va tartibi atrofida davolanish rejasiga muvofiq bo‘lishi uchun dasturlashtirilishi kerak. Bir bemor uchun davolash rejasi boshqa bir bemor uchun mos kelmaydi.
Umumiy salomatlik — bemor dori-darmonlarni to‘g‘ri qabul qilishi va boshqa kasalliklardan qochish uchun choralar ko‘rishi muhimdir (masalan uzoq vaqt sovuqda qolmaslik). Umumiy salomatlik yaxshilash va muntazam mashqlar qilish, sog‘lom ovqatlanish, chekmaslik, alkogolli ichimliklar ichmaslik, kasallik xavfini kamaytirishg harakat qilish zarur.