O‘simlik to‘qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar



Yüklə 21,47 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2022
ölçüsü21,47 Kb.
#55353
1   2   3   4
O‘simlik to‘qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar

K A R I O K I N YE Z

 

       Kario - yadro, kinez - o‘zgarish. Hujayraning kario-kinez yo‘lda bo‘linib ko‘payishini 1874 yilda Moskva universitetining prof. Chistyakov topdi. Hujayra kariokinez yo‘lida bo‘lingan, o‘z boshidan 4 ta davrni kechiradi:



    1.   Profaza

    2.   Metofaza

    3.   Anafaza

    4.   Telofaza

       Yadro profazada yadroning xromatin moddadan xro-mosoma vujudga keladi. Xromosomaning borligini 1871 yilda Moskva universitetining prof. Chistyakov topgan. Xromasomaning soni har xil o‘simlik hujayrasida har xil bo‘ladi. Xromosomaning shakli taqasimon bo‘ladi. Xromasomaning bo‘yi 20 mk, eni 3 mk. Xromasomaning soni va sifatini tashqi muhit hamda odamlar ta’sirida o‘zgartirish mumkin. Rus olimlari xromasoma sonini o‘zgartirish bilan bahorgi bug‘doyni kuzgi bug‘doyga aylantirganlar.

                   (bahorgi) 28 ta xromosoma

                   (kuzgi) 42 ta xromosoma

       Metafaza yadroning pardasi va yadrocha erib ketadi.

       Xromosomalar hujayraning markaziga to‘planadi. Bu fazada xromosomalar uzunasiga har qaysisi o‘rtasidan 2 ga bo‘linadi. Demak, xromosomalarning soni 2 marta oshdi.

       Anafaza xromosomalarning yarmi hujayraning bir tomoniga, ikkinchi yarmi 2 tomoniga joylashadi. Xromosomalar bir - birlari bilan axromatin iplari yordamida tortilib turadi. Demak, bu faza xromosomalar hujayralarning 2 ta qutbiga joylashadi.

       Telefazada hujayraning har ikkala tomonidan 1 tadan 2 ta yadro hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng hujayra o‘rtasidan 2 ga bo‘linadi. Natijada, «bitta ona hujayradan 2 ta qiz hujayrasi hosil  bo‘ladi».

       Ona hujayraning xromosomalarining soni qiz hujayralarining xromosomalar soni bilan teng bo‘ladi.

 

R YE D U K S I O N

 

       Hujayraning reduksion yo‘lda bo‘linishi 2 tipdan iborat:



    1.   Geterotipik

    2.   Gomeotipik

       Reduksion bo‘linishda ham yadro 4 davrni boshidan kechiradi: Reduksion bo‘linishning geterotipik tipida metafazada xromasomalar 2 ga bo‘linmaydi. Shuning uchun ham geterotipikbo‘linishning oxirgi davri telofazada hosil bo‘lgan qiz hujayralarda xromasoma-larning soni ona hujayrasinikidan 2 marta kam bo‘ladi. Hosil bo‘lgan hujayra diploid reduksion bo‘linishninggomeotipik tipda hosil bo‘lgan qiz hujayralar yadrosi yana bo‘lina boshlaydi. Bu bo‘linish kariokinezga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni metafazada xromasomalar o‘rtasidan 2 ga bo‘linishadi. Bu tipda 1 ta ona hujayradan 4 ta qiz hujayra hosil bo‘ladi. Bu hujayralarning tetrada deyiladi. Qiz hujayralar-ning xromasomalari soni ona hujaylarning xromoso-masi sonidan 2 marta kam bo‘ladi.

 

QOPLOVCHI  TO‘QIMA.

 

       Qoplovchi to‘qima kelib chiqishi jihatdan 2 xil bo‘ladi.



    1.   Birlamchi qoplovchi to‘qima - epidermis

    2.   Ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periblema.

       Epidermis dermatogendan hosil bo‘ladi. Ikkilam-chi qoplovchi to‘qima esa fellogen hosil bo‘ladi.

       Bir pallali o‘simliklarning hamma organlari, ikki pallali o‘simliklarning barglari va yosh novdalari epidermis bilan qoplangan, qolgan organlari esa ikkilamchi qoplovchi to‘qima bilan qoplangan.

 

EPIDERMIS

 

       Epidermis bir - biri bilan zich joylashgan tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Epidermis hujayralarida hujayra oralig‘i bo‘lmaydi. Bir pallali o‘simliklarda epidermis hujayra po‘sti to‘g‘ri chiziqli, ikki pallali o‘simliklarda esa egri - bugri bo‘ladi.



       Epidermis hujayralari odatda rangsiz bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarning epidermisida, masalan, qirqquloq o‘simligida shuningdek soya va salqin yerda yashaydigan o‘simliklarning epidermisida xlorofil donachalari bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarning epidermisida antotsian deb atalgan pigment bo‘ladi. Masalan, begoniya, tardeskansiya deb atalgan o‘simliklarning ranggi qizil va binafsha bo‘ladi. Epidermis hujayralarning tashqi qisman, yon po‘sti qalinlashgan bo‘ladi. Tashqi po‘sti kutin moddasi bilan sug‘orilgan. Kutin moddadan epidermisning ustida kutikula qavati hosil bo‘ladi. Kutikula o‘zidan suvni va havoni o‘tkazmaydi. Shuning uchun epidermis o‘simliklarning ko‘p suv bug‘latishdan va qurg‘oqchilikdan saqlaydi. Ba’zan epidermisda suv to‘planadi. Ba’zi o‘simliklarning ustida mum izlari ham bo‘ladi. Masalan, olxo‘rining mevasida, chinnigulning mevasida, karam bargida. Mum izlari qalinligi 0,1 mm gacha bo‘lishi mumkin. Janubiy Amerikadagi, Voskovaya palma deb atalgan o‘simlikda mum izlari 5 mm qalinlikda bo‘ladi. Mum murakkab tuzilgan efir bo‘lib, 1000 temperaturada eriydi. Mum ham kutikulaga o‘xshash vazifasini bajarib turadi. Epidermisda teshikchalar bo‘ladi. Bu teshikchalarni ustitsa deb yuritiladi. Epidermis bilan qoplangan o‘simlik organlari ustitsa yordamida suvlarni bug‘latib turadi. Gaz almashish protsessi ham ustitsalar yordamida bo‘ladi. Ustitsalar doimo ochilib ham yopilib turadi. Ustitsalarning ochilib ham yopilib turishi sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ustitsalarning ikki tomonida berkituvchi (kamrovchi - zamыkayushiye kletki) hujayra bor. Bu hujayra xlorofil donachalari bo‘ladi.

       Xlorofil donachalarida fotosintez protsessi bo‘lib, shakar to‘planadi. Shakarlarga to‘yingan hujayra o‘ziga suvni tortadi. Natijada bu hujayra TURGOR xolati ro‘y beradi. Ana shu  vaqtda ustitsalarning teshigi ochiladi. Aksincha xolatda ya’ni fotosintez protsessi to‘xtagan vaqtda ustitsalarning hujayralari so‘liydi, ya’ni plazmoliz ro‘y beradi.

       Bu xolatda esa ustitsalarning teshiklari yopiladi. Demak ustitsalar ham ochilib, ham yopilib turadi. Ustitsalarning tagida xavo turadigan bo‘shliq joyi bor. Demak mana shu ustitsalar orqali o‘simliklar nafas olib, oziqlanib, va ortiqcha suvlarni parlantirib turadi. O‘simliklarda xavo ustitsalardan tashqari suv chiqarib turadigan ustitsalar ham bo‘ladi. Bu ustitsalar gidatoda lar deb ataladi. Gidatodalar hamma vaqt ochiq bo‘ladi. Chunki uning hujayralari hamma vaqt turgor xolatda turadi. Suvni chiqarib turishi gutatsiya deb ataladi. (gutta tomchi). Gidatodalar barglarning yer ustki organlarida bo‘ladi. Masalan, poya, barg va boshqalar. O‘simlik ildizida ustitsalar bo‘lmaydi. Ustitsalar o‘simliklarning yashash sharoitiga qarab bargning pastki epidermisi 1 kv mm satxda 100-300 tagacha ustitsalar bo‘lishi mumkin. Kungaboqar bargining 1 kv, mm satxida 200 tagacha ustitsa bor.

       Epidermisdan har xil tuklar o‘sib chiqadi. (valoski, trixoma) Tuklar havoning harakatini susaytiradi, shuning natijasida o‘simliklar suvni kam bug‘latadi. Shuningdek tuklar o‘simliklar issiqdan va sovuqdan saqlab turadi. Ba’zan tuklar boshqa vazifalarni ham bajarib turadi. Masalan, labguldoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklardan bezli tuklar efir moylarini ishlab chiqaradi.

       Qichitqi, chayono‘t (krapiva) deb atalgan o‘simliklarning tuklari zaxarli bo‘ladi. Shu bilan bu tuklar o‘simlikni muhofaza qiladi. Ba’zi bir o‘simliklarda tuklar tikanga aylanib ketgan bo‘ladi. Masalan, yantoq, chaqir tikanak va boshqalar. Jiyda daraxti bargidagi tuklar yulduzsimon shaklda bo‘ladi. Bu tuklar ko‘p hujayrali, o‘siq bo‘ladi. Shuning uchun ham jiyda bargi oqish bo‘lib ko‘rinadi. Ildiz tuklari orqali oziq moddalarni suvda erigan xolda shimadi. Ildiz tuklari tirik bo‘ladi. Ular qisqa umrli efemerdir. 10-20 kungacha yashaydi. Shuning uchun ham ularning soni nixoyat darajada ko‘p bo‘ladi. Tuklar ildizning shimuvchi satxini kengaytirib turadi.

 


Yüklə 21,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin