2–tajriba. Tajriba uchun 10 kunlik, balandligi 10–15 sm bо‘lgan loviya о‘simligi maysalari olinadi. Sо‘ngra bu о‘simliklarning poyasini suv ostida kesib olib, ularni ikki bо‘lakka bо‘linadi. Bir bо‘lak о‘simlikni kontrol uchun, ikkinchi bо‘lak о‘simlikni esa tajriba uchun ishlatiladi. Kontrol о‘simliklar tezda bankadagi suv ichiga joylashtiriladi. Tajriba uchun olingan о‘simliklarni esa avval 3 soat 0,1% li geteroauksin eritmasida saqlab, sо‘ngra suv bilan yuvib bankadagi vodoprovod suviga tushiriladi. О‘simliklarni 3–4 sm poyasi suv ichida turishi kerak. Shunday holda barcha о‘simliklar yorug‘ sharoitda 200С issiqlikda ildiz hosil bо‘lgunicha saqlanadi. Tajriba oxirida hosil bо‘lgan ildizlar soni aniqlanadi va uni kontrol variantga nisbatan taqqoslanadi, natijalar daftarga yozib boriladi.
Nazorat uchun savollar: 1. Geteroauksin eritma nima?
2. O’simlik o’sishida geteroauksin qanday ta’sir qiladi?
3. Ildizning o‘sishiga geteroauksinning ta’siri qanday aniqlanadi?
Darsning maqsadi: O‘simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalarni tajribalar asosida aniqlashni o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Kо‘pgina о‘simliklar tо‘qimasida teri oshlovchi moddalar bо‘ladi. Bu moddalar sitoplazma ustki qavat qismining tashkil topishida, hujayra qobig‘i va yog‘ochlik qismining hosil bо‘lishida muhim ahamiyatga ega. Teri oshlovchi moddalarining tuzilishida katexinlar muhim rol о‘ynaydi. Ular gallovat kislotalar bilan murakkab efirlarni hosil qiladi. Kо‘k choy bargining tarkibida 12% erkin gallovat kislotasi va 78% katexin bо‘ladi.
Teri oshlovchi moddalar fiziologik faol birikmalar tarkibiga kiradi. Oshlovchi moddalar ta’sirida oqsillar koagulyatsiyaga uchraydi. Agar teriga oshlovchi moddalar bilan ishlov berilsa, uning elatikligi oshadi, shu bilan birga suvga va har xil chirituvchi bakteriyalarga bо‘lgan chidamliligi ancha ortadi.
Teri oshlovchi moddalarning bor-yо‘qligi quyidagi tajribalar orqali aniqlanadi.