O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI
Qarshi-2021
“O‘simliklar fiziologiyasi” fanidаn amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o’quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20___ yil “____”__________ dagi ____– sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘simliklar fiziologiyasi” fanining fan dasturida belgilangan mavzular asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar: Boysunov B. X.
Nasriddinova M.R.
Ushbu o’quv qo’llanma Tabiiy fanlar fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ushbu o’quv qo‘llanma Qarshi davlat universiteti uquv-uslubiy kengashining 2021 yil “_____” ____________ dagi ____- sonli yig‘ilishida chop etishga tavsiya etilgan.
Talaba amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagi qoidalarga
rioya qilishi kerak:
Mashg‘ulot paytida talaba maxsus kiyim (xalat) siz ishlashi va yakka o‘zi tajriba o‘tkazishi mumkin emas.
Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim. Shoshilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tajribada xatolikka yo‘l qo‘yishga va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keladi.
Tajribani rahbarning ijozati bilan boshlash lozim. Ish rejasi laboratoriya daftariga yozilishi va uni rahbar tekshirib qo‘l qo‘ygan bo‘lishi kerak.
Elektr asboblarning kontaktlariga etibor bering, ular yaxshi izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak. Elektr asboblar va yonib turgan gaz gorelkasini qarovsiz qoldirmang.
Isitish asboblari mufel va tigel pech, elektr plita va shunga o‘xshashlarini o‘tga chidamli materialdan yasalgan tagliklar ustiga qo‘yish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz qoldirmang.
Moddalar qizdirilayotgan yoki reaksiya o‘tkazilayotgan idishlarga engashib qaramang.
Probirkaga biror narsa olib qizdirayotganingizda uning og‘zini o‘zingizga yoki yoningizga turgan odamga qaratib tutmang.
Bordi–yu, tasodifan yong‘in chiqsa, avvalo, o‘t chiqish manbalari: gaz gorelkasi, elektr rozetka va boshqalarni o‘chiring, keyin qum seping yoki yopqich yoping. Agar yong‘in shunda ham o‘chmasa, o‘t o‘chirgichni ishlatish kerak.
Benzin,spirt, efir o‘t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar bilan o‘chirish lozim. Ammo hech vaqt suv sepmang.
Ishqor, kislota va yonuvchan suyuqliklarni rakovinaga to‘kish yaramaydi. Bunday keraksiz suyuqliklarni maxsus idishlarga quyish kerak. Rakovinaga qum, qog‘oz va shunga o‘xshash narsalarni tashlamang.
Simob va simobli asboblar bilan ehtiyot bo‘lib ishlang. Simobli asbob (termometr yoki manometr) sinsa, uni tezda maxsus usullar yordamida yig‘ib oling va simob to‘kilgan joyga oltingugurt kukuni sepib uni neytrallang (o‘ldiring).
Laboratoriya ishi tugagach qo‘lni yaxshilab yuvish kerak.
Mashg‘ulot tugagach, ishlatilgan moddalarni o‘z joyiga qo‘yish, asboblarni va shisha idishlarni tozalab, laborantga topshirish kerak.
Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz gorelkalari va vodoprovod jo‘mraklari berkligini hamda elektr asboblarning o‘chirilganini albatta tekshirib ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: |