Nazorat uchun savollar:
O’simlik uchun suv qanday ahamiyatga ega?
O‘simlik bargidagi suv miqdori deb nimaga aytiladi?
O‘simlik bargidagi suv miqdori qanday aniqlanadi?
7-AMALIY MASHG‘ULOT Vegetatsion tajriba usulida o‘simliklarni o‘stirish
Darsning maqsadi: Vegetatsion tajribalar qо‘yish va o‘simliklarni turli muhitlarda o’stirish usullarinni o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Vegetatsion tajribalarda о‘simlik ekilgandan to hosili yetilgunga qadar о‘stiriladi, ya’ni u butun vegetatsiya davrini о‘tkazadi. Bu tajribalarda tashqi muhit omillari о‘simliklarga qanday ta’sir etishi kuzatiladi.
Odatda, tabiiy sharoitda о‘simlikka tashqi muhit omillari: yorug‘lik, harorat, namlik, mineral tuzlar va boshqalar ta’sir etadi. Agar о‘simlikka ayrim omilning ta’sirini о‘rganmoqchi bо‘lsa, unda о‘simlik shunday sharoitda о‘stirilish kerak. Bunday sharoit faqat vegetatsion tajribalar qо‘yish yо‘li bilan yaratilishi mumkin. Vegetatsion tajribalar dala maydonlarida yoki maxsus vegetatsion idishlarda (tuproq va qum kulturalari) yoki turli tuzlarning suvdagi eritmasida (suv kulturalari) о‘tkaziladi.
Tajribalar dala maydonlarida о‘tkazilsa, barcha omillar ichida alohida bitta omilni ajratib, uning ta’sirini aniqlash qiyin. Lekin о‘simlikni vegetatsion usulda vegetatsion idish va suv kulturalarida о‘stirib, istalgan omil ta’sirini о‘rganish mumkin. O’simliklarni mineral tuzlarning yoki ionlarning suvdagi eritmasida o’stirish usulini Rossiyada K.A.Timiryazev keng qo’llagan.
1-usul:Urug’ni undirish usuli Kerakli asbob va reaktivlar: Petri idishi, filtr qog’oz, o’simlik urug’i, suv, oyna, 1-3 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.