O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə16/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Nazorat uchun savollar.

  1. Gidroponikaning qanday usullari farqlanadi?

  1. Qanday ozuqa eritmalari mavjud?

  1. О‘simliklarni shag‘al muhitida о‘stirishning qanday afzalligi bor?



10-AMALIY MASHG‘ULOT
O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash


Darsning maqsadi: O’simlik shirasi tarkibidagi nitratlarni aniqlashni tajribada o’rganish.
Umumiy ma’lumot: О‘sib turgan о‘simliklarning ozuqa moddalarga bо‘lgan ehtiyoji qay darajada ekanligini tezkorlik bilan aniqlashda, tо‘qima shirasini analiz qilish usulidan keng foydalaniladi. Anorganik birikmalarning eng kо‘p miqdori о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar qismida bо‘ladi. Shuning uchun ham о‘simliklarning barg bandi va uning tomiridan yoki uning poyasidan siqib olingan shipaga, har bir elementning о‘ziga xos bо‘lgan reaktivlaridan ta’sir qildirilsa, har xil darajada bо‘yalgan ranglar hosil bо‘ladi. Mana shu ranglar darajasini Magnitskiy qutichasidagi ranglar shkalasiga yoki standart eritmalarga solishtirib kо‘rish orqali 1 litr shira tarkibida qancha miqdorda element borligini ularning qancha balga tengligini aytib berish mumkin. Magnitskiyning dala laboratoriyasi yelkaga osib yuradigan yog‘och va karton qutichadan tashkil topgan asbob. Yog‘och qutichada qо‘l iskanjasi, probirka va ularni qо‘yadigan shtativ, tomizg‘ich, qaychi, standart eritmalar bо‘yicha bо‘yalgan qog‘oz shkalasi va laboratoriyadan foydalanish uslublari yozilgan qо‘llanma mavjud. Karton qutichada reaktivlar va boshqa zaruriy materiallar bо‘ladi.
Magnitskiyning dala laboratoriyasidan foydalanish orqali о‘simliklar tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi azot, fofor, kaliy va magniy kabi elementlarning taxminiy miqdorini aytib berish mumkin.
Azot o‘simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi. Azot o‘simliklar quruq og‘irligining 1-3% ni tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo‘lib, uning umumiy miqdori 75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor. Agar tuproqda azot yetishmasa o‘sish sekinlashadi, barglar maydalashib, sarg‘aya boshlaydi, ildiz tizimi jarohatlanadi, gullar va yosh meva tugunlari to‘kila boshlaydi. Azot juda kam bo‘lsa, o‘simliklar qurib qoladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin