O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə9/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Ishni bajarish tartibi: Petri idishiga yoki yuza likopchaga filtr qog’oz yozib, ustiga yirik – maydaligi bir xil bo’lgan va zararlanmagan 100-200 dona ivitilgan urug’ joylanadi. Usti filtr qog’oz bilan yopiladi va 10-20 ml distillangan suv purkab 25-300C issiq termostatga qoyib undiriladi.
2-usul: Urug’ni vannada undirish
Kerakli asbob va reaktivlar: tunuka vanna, o’simlik urug’i, suv, oyna, filtr qog’oz, doka, 0,5 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun tunukadan vanna yasaladi. So’ngra vannaning yarmigacha vodoprovod suvi yoki tindirilgan ariq suvi qoyiladi. Keyin vanna usti oyna bilan yopiladi. Oynaning ustiga 1-2 qavat filtr qog’oz yozib, ustiga saralangan va ivitilgan urug’ joylanadi, usti filtr qog’oz va doka bilan yopiladi. Urug’ ustidagi filtr qog’oz va dokaning uchlari vannadagi suvga tegib turishi kerak. Urug’lar ustiga yopilgan doka va filtr qog’oz orqali namlab turiladi.
Maysalarni chin barg yozguncha o’stirish. Hajmi 0,5 l li bankaga suv to’ldirilib, usti parafin shimdirilgan doka bilan yopiladi. Dokaning 10-20 ta joyini teshib, yuqorida ko’rsatilgan usulda undirilgan urug’lar orasidan ildizi 1-2 sm chamasi o’sgan urug’lar tanlab olinadi va shu teshiklarga momiq yordamida mahkamlab joylanadi. Ungan bu urug’lar doka ustida o’sa boshlaydi. Ikki pallali o’simliklar ikkita chin barg, bir pallali o’simliklar esa uchta chin barg chiqarguncha shu holda o’stiriladi. O’simliklarni suvda o’stirishda quyidagi aralashmalardan foydalaniladi: Pryanishnikov eritmasi, Knop eritmasi, Gelrigel eritmasi, Krone eritmasi.
Eslatma: yuqorida ko’rsatilgan tuzlar aralashmasini 1 l distillangan suvda eritish kerak.
3-usul: O’simliklarni suvda o’stirish
Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik maysasi, suv, filtr qog’oz, doka, 1-3 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.
Ishni bajarish tartibi: O’simliklarni suvda o’stirish uchun 1-3 l va undan ko’p eritma sig’adigan shisha idishlar ishlatiladi. Bu idishlar qora qog’oz bilan o’raladi. Idish ichiga eritma solinganda u quyosh nuri ta’sirida isib ketmasligi uchun qora qog’oz ustidan oq doka yoki oq qog’oz o’raladi. Shisha idishlarning og’zi 3 ta teshikli po’kak yoki yog’och tiqin bilan berkitiladi. Po’kak tiqindagi havo yo’llarini berkitish uchun uni qaynab turgan parafinga 3 minut solib qoyiladi. So’ngra olib sovitiladi. Tiqin sirtiga ilashgan ortiqcha parafin pichoq bilan qirib olinadi.
Ish tartibi: a) jadvalda ko’rsatilgan tuzlar aralashmasidan bittasi tanlab olinib, eritma tayyorlanadi; b) tayyorlangan eritma shisha idishlarga to’ldirilib qoyiladi; v) ildizi va yer usti qismlari bir tekis rivojlangan o’simlik tanlab olinib, tiqindagi bitta teshikka mahkam o’rnatiladi; d) tajriba boshlangan kun va tajribadan kutilgan maqsad kuzatish daftariga yozib qoyiladi. Tiqindagi ikkinchi teshikka o’simlikni bog’lash uchun yog’och tayoqcha, uchinchisiga pulverizator o’rnatiladi. Eritma pulverizator yordamida havo bilan boyitib turiladi. Buning uchun eritmaga har kuni 3 minut davomida pulverizator orqali havo yuboriladi. Idish ichidagi eritma har 5-10 kunda almashtirib turiladi. Bunda tajriba uchun olingan o’simliklarning yer ustki qismlari va ildizlari qanday rivojlanganligi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuziladi.
4-usul: O’simliklarni qumda o’stirish

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin