Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik urug’i, suv, qum, elak, doka, HCl eritmasi, katta hajmli shisha idish yoki tunuka chelak.
Ishni bajarish tartibi: Qum tayyorlash. Qumda suv bilan tekis harakatlanishi uchun qum zarrachalarining diametri 0,2-0,4 sm orasida bo’lishi shart. Shu sababli urug’ ekiladigan qum mayda ko’zli elakdan o’tkaziladi. Qum zarrachalarining diametri 0,4 sm dan katta bo’lsa, idishga qoyilgan suv tezda qum tagiga oqib tushadi. Agar qum zarrachalarining diametri 0,2 sm dan kichik bo’lsa, qumdagi havo yo’llari suv bilan berkilib qolib, idishlarning nafas olish prosessi buziladi.
Qumni organik moddalar qoldig’idan tozalash. Elangan qum konsentrlangan HCl eritmasida 2-3 kun saqlanib, so’ngra kislota mutlaqo yo’qolguncha vodoprovod suvi bilan yuviladi. Qumda kislota ionlari bor-yo’qligi lakmus qog’oz yordamida aniqlanadi. Eng oxirida qum distillangan suv bilan bir necha marta chayiladi. Qumdan oqib chiqqan distillangan suvda Cl ionlari bor-yo’qligi aniqlanadi. Buning uchun distillangan suvga nitrat kislotaning kumush tuzi qo’shiladi. Xlor ionlari bo’lmasa, cho’kma hosil bo’lmaydi, aks holda cho’kma hosil bo’ladi. Xlor ionlaridan ozod bo’lgan qum tunuka laganchaga 10-15 sm qalinlikda yoyilib, 4000 temperaturada qizdiriladi. Shu bilan qum tayyor bo’ladi.
O’simlik normal o’sishi va rivojlanishini ta’minlash uchun yuvilgan va quritilgan qumga Pryanishnikov yoki Gelrigel eritmasi yoki tuz kristallari qo’shiladi. Agar bu oziq moddalar kristall holda aralashtirilsa, qumga zarur miqdorda suv qoyib aralashtiriladi va idishlarga zich qilib to’ldiriladi. Shu tarzda tayyorlangan idishlarning har biriga oldindan ivitib qoyilgan urug’lardan 5 donadan ekiladi. Tajriba natijalari daftarga yozib boriladi.
Eslatma: Qumni tozalash uchun xlorid kislota eritmasi bo’lmasa, yuvilgandan so’ng 4000 issiqda qizdiriladi. Shu tartibda tayyorlangan qumni oddiyroq tajribalarda ishlatish mumkin.
5-usul:O’simliklarni tuproqda o’stirish