O’simliklarda transpiratsiya jadalligi qanday aniqlanadi?
6-AMALIY MASHG‘ULOT O‘simlik bargidagi suv miqdorini kunlik o‘zgarishini aniqlash
Darsning maqsadi: O‘simlik bargidagi suv miqdorining kunlik o‘zgarishini aniqlashni kun davomida tajribalar asosida о‘rganishdan iboratdir.
Umumiy ma’lumot: О‘simlik barglaridan suvning bug‘lanishi kun bо‘yi bir xil bо‘lmay, u har xil tashqi sharoit omillari ta’sirida о‘zgarib turadi. Shuning uchun barglardagi suvning miqdori kun bо‘yi bir xil bо‘lmay, balki о‘zgarib turadi. Laboratoriyaga о‘simlik (о‘rtacha 10 ta о‘simlikdan namuna) hо‘l lattaga о‘ralgan holda olib kelinadi. Ish odatda 800 da boshlanadi. Olib kelingan namunadan foydalanilgan holda barglardagi suvning miqdori aniqlanadi. Ushbu amaliy mashg‘ulot davomida talaba о‘simlik uchun suvning ahamiyatini tushunadi, kun davomida suvning miqdori qanday о‘zgarishini bilib oladi, suv miqdori (S.M.) ni aniqlaydi va hisoblay oladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: termostat yoki quritkich shkafi, tarzion tarozi, qog‘oz xaltachalari, qaychi, daftar, qalam, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi:Barg va assimilyatsion novdalardagi suvning miqdori (% da) umumiy qabul qilingan tortish usuli bilan aniqlanadi. Buning uchun 5-10 tacha barg bо‘laklari tarozida tortiladi (3 takrorlikda), og‘irligi daftarga yozib olinadi, oldindan raqamlangan qog‘oz xaltachalarga solinadi. Xaltachadagi material (namuna) termostatda 1050C da о‘zgarmas og‘irlik bo’lguncha quritiladi. Qurigandan keyingi og‘irligi ham tortilib, daftarga yozib olinadi. Suvning umumiy miqdori (% da) formula asosida hisoblab, ish jadvalni tо‘ldirish bilan yakunlanadi.
5–jadval